08 sen 22:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Navbahor Hamidova Liverpuldagi JCHni muvaffaqiyatli boshladi
Britaniyada boks bo'yicha Jahon chempionatining 5-kun bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada ayollar o'rtasidagi bellashuvlarning -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova ilk jangini Belgiya vakilasi Oshin Derieuga qarshi o'tkazdi.
To'liq davom etgan jangda Navbahor 4:1 hisobida g'alabaga erishdi va chorak finalga yo'l oldi.
Endi bokschimiz 10 sentyabr kuni chorak finalda Hindiston yoki Angliya vakilasiga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar