So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

14 okt 19:19
Yangiliklar

Tadbirlar

Respublikamiz bo'ylab ommaviy sport tadbirlari muntazam o'tkazilmoqda

Mamlakatimizda karantin qoidalarini yumshatilishi munosabati bilan keng aholini sog'lom hayotga qaytarish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida yurtimizning barcha hududlarida ommaviy sport tadbirlari o'tkazilmoqda.

Jumladan, Jizzax va Qashqadaryo viloyatida ham shunday tadbirlar o'tkazildi.

Jizzax shahrida viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda viloyat aholisi ishtirokida ertalabki ommaviy badantarbiya mashg'ulotlari va «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida ommaviy yurish sport tadbirlari bo'lib o'tdi.

Ommaviy tadbirda uch ming nafarga yaqin aholi ishtirok etdi. Tadbir erta tongda «Sug'diyona» sport majmuasida badantarbiya mashg'ulotlari bilan boshlandi shundan so'ng SHarof Rashidov shox ko'chasi bo'ylab «Yoshlar shaharchasi»gacha bo'lgan masofa bosib o'tildi.

Qashqadaryoda ham ommaviy badantarbiya hamda yurish marafonlari bo'lib o'tdi. Tadbirda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan aholi faol ishtirok etdi. Jizzaxda bo'lgani kabi Qashqadaryoda ham badantarbiya mashg'ulotlari so'ngra yurish marafoni o'tkazildi.
 

Bu kabi ommaviy sport tadbirlari barcha hududlarda muntazam o'tkazib kelinmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing