So’nggi yangiliklar

10:11Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди 0 09:50Боксчи қизларимиз Чин юртига жўнаб кетишди 0 09:29Илия Топурия UFC’даги асосий мақсадини очиқлади 0 09:08Спорт вазирлигининг кенгайтирилган Ҳайъат йиғилиши бўлиб ўтди 0 08:47"Челси" клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати финалида! 0 08:26Уимблдон. Карлос Алькарас 1/2 финалда! 0 08:05"UFC'да доғистонлик курашчиларни ёмон кўришади" - мураббий 0 19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0

24 avg 08:48
Yangiliklar

Sambo

Rossiyada to'rtta medal qo'lga kiritgan sambochilarimiz O'zbekistonda tantanali kutib olindi + FOTO

Teglar :  Sambo
Xabar qilganimizdek, Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida sambo bo'yicha FIAS (Xalqaro sambo federaciyasi) prezidenti sovrini uchun musobaqa o'tkazildi.

Musobaqada jahonning 21 mamlakatidan 80 nafarga yaqin sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi. Mukofot jamg'armasi 189 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi bahslarda o'zbekistonlik sambochilar ham ishtirok etib, 4 ta kumush medal qo'lga kiritishdi. 

Musobaqada qatnashgan terma jamoamiz vakillarimiz bugun ertalab yurtimizga qaytib kelishdi. Sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sport jamoatchiligi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.  Kutib olish marosimida O'zbekiston turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va O'zbekiston sambo associaciyasi xodimlari ishtirok etishdi.  

Eslatib o'tamiz, bahslarda terma jamoamiz vakillari ichida Homidjon Mo'minov (-64 kg), Sarbon Ernazarov (-71 kg), Ulug'bek Rahmonov (-79 kg) va Ixtiyor Eshmurodov (-88 kg) finalgacha etib borib, yakunda kumush medalga sazovor bo'lishdi.

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing