21 apr 11:49
Yangiliklar
Sambo

Sambochilarimiz Osiyo-Okeaniya chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunlashdi
14-20 aprel kunlari Toshkent shahrida sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati bahslari bo'lib o'tdi.
Musobaqada qitamizning 25 ga yaqin mamlakatidan 600 nafardan ortiq sambochilar turli yosh toifalarida medallar uchun kurash olib borishdi.
CHempionat doirasida kichik o'smirlar, o'smirlar, yoshlar, kattalar, sport ustalari (faxriylar), ko'zi ojizlar va zaif ko'ruvchilar o'rtasidagi bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Osiyo-Okeaniya chempionati yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik sambochilar musobaqa mobaynida umumiy hisobda 69 ta oltin, 29 ta kumush, 45 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
O'zbekiston sambo associaciyasi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan sambochilarimizni, ularning murabbiylari va yaqinlarini muborakbod etadi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar