30 avg 14:03
Yangiliklar

"Saber" jamoasi Moskvada klublar o'rtasidagi nufuzli musobaqada ishtirok etadi
Endi esa navbat "Saber" erkaklar jamoasiga etib keldi. Dzyudochilarimiz ertaga, 31 avgust kuni Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida o'tkaziladigan Qitalararo dzyudo ligasi turnirida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
"Triumf" arenada o'tadigan musobaqada jami 13 ta klub qatnashadi. Rossiya klublaridan tashqari Qozog'istonning "Jenys", Belarusning "Stayki", Venesuelaning "Club Deportivo Jigoro Kano", Hindistonning "Bombay Judo Club" hamda O'zbekistonning "Saber" jamoalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi.
Qura natijasiga ko'ra, "Saber" klubi "S" guruhida Moskvaning MGFSO, Qozog'istonning "Jenys" hamda Hindistonning "Bombay Judo Club" jamoalariga qarshi tatamiga chiqadi.
"Saber" jamoamiz tarkibidan joy olgan dzyudochilarimiz: Muhriddin Tilovov (-66 kg), Aziz Ortiqov (-66 kg), Hojiakbar Toshev (-73 kg), Nodir Mavlonberdiev (-81 kg), Aziz Avazmurodov (-90 kg), Javohir Murodillaev (+90 kg)
Fikrlar