01 sen 16:56
Yangiliklar

Prof boksda amaldagi eng yosh jahon chempioni ilk himoya jangini o'tkazadi
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Zayas yil oxirigacha o'z vatani Puerto-Rikoda ilk chempionlik himoya jangini o'tkazishni maqsad qilgan.
"Xohlardimki, birinchi chempionlik himoya jangim vatanim Puerto-Rikoda o'tsin. Men o'z yurtimda faqat bir martta - prof boksdagi to'rtinchi jangimda ringga chiqqanman. Vatanimga chempion sifatida qaytib, jang o'tkazish istagidaman", — dedi Zayas.
Malumot uchun, Ksander Zayas birinchi o'rta vazn toifasidagi vakant bo'lib qolgan WBO chempionlik kamarini 26 iyul kuni Nyu-Yorkda o'tgan boks oqshomida qo'lga kiritgandi. O'shanda u meksikalik Xorxe Garsiya Peres (33–5, 28 KO)ni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu kamar Sebastyan Fundora tomonidan vakant qoldirilgandi.
Fikrlar