So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

22 mar 18:15
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahram G'iyosovning vaznidagi Jeyron Ennis ikki yo'nalish chempioni bilan muzokara olib bormoqda

Birinchi o'rta vazn toifasida WBO va WBA chempioni Zander Zayas jamoasi yaqindagina yangi vaznda muvaffaqiyatli debyut qilgan sobiq yarim o'rta vazn toifasidagi jahon chempioni Jeyron Ennisga qarshi himoya o'tkazish bo'yicha muzokara boshladi.

"Muzokaralar davom etmoqda, - dedi Ennis manfaatlarini himoya qiluvchi Eddi Xirn Boxingscene nashriga bergan intervyusida. - Ennis aprel-may oylarida ringga chiqishi kerak edi, hozir gap ko'proq iyun oyi haqida ketmoqda. Ammo bu keng ko'lamli jang bo'lishiga kafolat beraman. O'ylaymanki, masala keyingi haftaning oxirigacha hal bo'ladi".

Promouterning so'zlariga ko'ra, dastlab Zayas jamoasi IBF chempioni Josh Kelli bilan birlashtiruvchi jangga moyil edi, ammo Ennisga qarshi jang ular uchun moliyaviy jihatdan qiziqroq ko'rinadi.

"Aytgancha, Josh Kelli ham Jeyron Ennis bilan uchrashishi ehtimoldan xoli emas, - deya qo'shimcha qildi Xirn. - Lekin men uning ixtiyoriy ravishda himoyalanishiga ham qarshi bo'lmayman. U yaqindagina Bahrom Murtazalievni do'pposlaganini unutmang. SHundan so'ng Ennis bilan jang o'tkazish ortiqcha bo'lishi mumkin".

Eslatib o'tamiz, Zayasga tegishli WBA kamari uchun rossiyalik bokschi Pavel Sosulin majburiy davogar hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing