01 sen 17:38
Yangiliklar
Qishki sport turlari

O'zbekistonlik yosh figurali uchuvchi Turkiya Gran-prisida ishtirok etdi
27-30 avgust kunlari Turkiyaning Anqara shahrida figurali uchish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Gran-pri bosqichi o'tkazildi.
Ahamiyatlisi, musobaqaning qizlar o'rtasidagi bellashuvlarida o'zbekistonlik atlet Latifaxon SHoisaeva ham ishtirok etdi.
Sportchi qisqa dasturda 46.57 ball jamg'arib, 18-natijani qayd etdi. Erkin dasturda esa SHoisaevaning chiqishi 71.84 ball etib baholandi.
Yakunda Latifaxon 118.41 ball bilan 35 nafar sportchi qizlar orasida 24-o'rinni band etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar