01 sen 14:50
Yangiliklar

Mayris Briedis Usik uchun ikki xavfli jangchini tavsiya qildi
"O'ylashimcha, Usik uchun jiddiy xavf soladigan raqib bu — Jey Opetayya. Bundan tashqari, yaqinda Dillian Uaytni nokautga uchratgan — Mozes Itaumani ham unutmaslik kerak. Har ikki bokschi ham juda yosh va g'alabalarga chanqoq. Ularning ichida olov yonyapti. Usik katta tajriba bor, mashg'ulotlarda "meshok"ka millionlab, balki milliardlab zarbalarni yo'llagan", — deya Briedisning so'zlarini keltirmoqda Seconds Out.
Eslatib o'tamiz, 2018 yilda Aleksandr Usik Latviya poytaxti Riga shahrida o'tkazilgan juda yaqin jangda Mayrisni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. O'sha jang birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazilgan edi. Avstraliyalik Jey Opetayya ham hozir aynan birinchi og'ir vaznda IBF chempioni bo'lib turibdi.
Fikrlar