01 sen 18:20
Yangiliklar
Sport kurashlari
Razambek Jamalov UFC'dan taklif bo'lganini aytdi
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi Razambek Jamalov MMAga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.
Jamalovning so'zlariga ko'ra, taniqli menejer Ali Abdel-Aziz unga bir necha bor faoliyatini MMAda, xususan UFC'da davom ettirish taklifini bergan. SHunday bo'lsa-da, Razambek bu taklifga aniq javob bermaganini aytgan.
Malumot o'rnida, Ali Abdel-Aziz UFC bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqaga ega menejer bo'lib, Xabib Nurmagomedov, Islam Maxachev, Kamaru Usman singari taniqli UFC jangchilarining menejeri hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
19:20
INTERVYU. Asilbek Alievning yoshi "urilganmi"? U terma jamoada o'zidan kichiklar bilan o'ynaydimi? 0
Fikrlar