01 sen 15:11
Yangiliklar
Tennis

Karlos Alkaras - 13 "Katta Dubulg'a" turnirlari 1/4 finaliga chiqqan eng yosh tennischi!
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaras AQSH Ochiq chempionatining 1/4 finaliga chiqish barobarida o'ziga xos rekordni ham o'rnatdi.
Ispaniyalik Ochiq erada 13 marotaba "Katta Dubulg'a" turnirlarining 1/4 finaliga etib kelgan dunyoning eng yosh tennischisiga aylandi. U bu natijaga 22 yoshu 111 kunligida erishdi. Karlos bu borada Boris Bekker (22 yoshu 284 kun)ga tegishli rekordni yangiladi.
Alkaras US Open to'rtinchi davrasida ATP reytingida 82-pog'onada borayotgan franciyalik Artur Rinderkneshni 7:6 (7:3), 6:3, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi u 1/2 final chiptasi uchun dunyoning 21-raketkasi bo'lib turgan chexiyalik Irji Lexechkaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar