So’nggi yangiliklar

07:22Юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига тайёргарликни Владикавказда олиб боришяпти 0 07:01Шавкат Раҳмоновнинг кейинги рақиби Нурсултон Рўзибоевнинг жамоадоши бўлиши мумкин 0 18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0

14 iyu 15:56
Yangiliklar

Engil atletika

Safina Sadullaevadan AQSHda Tokiodagidek sensaciya kutamiz

15-24 iyul kunlari AQSHning Oregon shtati, Yujin shahrida engil atletika bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi.

“Sport qirolichasi” nomini olgan ushbu yo'nalishdagi dunyo birinchiligida Safida Sadullaeva yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Balandlikka sakrash dasturida jahonda o'z o'rnini mustahkamlab borayotgan vakilamizning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida qayd etgan 1.96 metr natijasi unga jahon chempionati yo'llanmasini taqdim qilgan edi. Ushbu maqolamizda bo'lajak dunyo birinchiligi va Sadullaevaning raqiblari haqida so'z boradi.

Musobaqada 192 mamlakatdan 1972 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Avvalo, uning aslida o'tgan yili o'tishi lozimligi, biroq Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari bilan parallel bo'lib qolgani bois 2022 yilga qoldirilganini eslatib o'tish lozim. SHuningdek, ushbu jahon chempionati tartib bo'yicha 18-bor o'tkazilayotgan bo'lsa, ilk bor AQSH hududida tashkil etilayotgani bilan ahamiyatli.

Bahslarda 49+1 ko'rinishidagi medallar jamlanmasi o'ynaladi. Yani, 49 yo'nalishda bellashuvlar o'tkazilsa, ularda davlatlar to'plagan ballar bo'yicha umumjamoa hisobida ham sovrindor mamlakatlar alohida taqdirlanadi. Yo'nalishlar avvalgi JCH bilan solishtirganda o'zgarmagan bo'lsa ham, erkaklar o'rtasidagi sportchi yurish dasturi 50 kmdan 35 kmga qisqartirilgan.

Umumiy hisobda, so'nggi 2019 yilgi jahon chempionati g'oliblarining 43 nafari, shuningdek, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida g'alaba qozongan 42 atlet qatnashchilar ro'yxatiga kiritilgan. Ular orasida dunyo birinchiliklarida eng ko'p shohsupaga ko'tarilgan sportchi 36 yoshli amerikalik yuguruvchi Ellison Feliks bo'lib, uning hisobida JCHlarining 13 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallari bor.

Eng ko'p ishtirokchi, shubhasiz mezbonlarda. Amerika jamoasi o'z uyida o'tadigan musobaqada 177 atlet bilan ishtirok etadi. Keyingi pog'onalarda Germaniya (88), Yaponiya (68), Yamayka (65), Ispaniya (61), Italiya (60) kabi jamoalarni uchratish mumkin.

Ana endi, Sadullaeva bilan balandlikka sakrash sektorida raqobat olib boradigan atletlar haqida. Ushbu dasturda 19 mamlakatdan 31 sportchi jahon chempionatiga yo'llanma olgan. Ular orasida mavsumning amaldagi etakchisi ukrainalik Yaroslava Magichux (2.03 m), 1.98 metrni zabt eta olgan boshqa bir ukrain atleti Irina Gerashenko hamda italiyalik Elena Vallotigara, ulardan 1 sm past ko'rsatkichga ega yamaykalik Lamara Distin, shuningdek, 1.96 metrga sakray olgan Vashti Kunningem (AQSH), Kristina Ovchinnikova (Qozog'iston), Angelina Topich (Serbiya), Nikola Olislagers hamda Eleanor Petterson (ikkisi ham Avstraliya) kabi sportchilarni alohida ko'rsatish mumkin.

Mutaxassislar finalda medallar uchun kurash yuqoridagi nomlar orasida kechishini taxmin qilishmoqda. Biroq ular Tokio-2020 arafasida ham shunga o'xshash fikr bildirishganida Sadullaeva final yo'llanmasini qo'lga kiritish barobarida oltinchi pog'onani egallagani ko'plab xalqaro ekspertlar uchun kutilmagan natija sifatida qaralgan edi. Umid qilamizki, bu gal ham Safina ajoyib ishtiroki bilan yana bir bor muxlislar olqishiga sazovor bo'la oladi.

Ushbu yo'nalishda saralash bahslari 16 iyul, final dasturi esa 19 iyul sanasiga belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing