So’nggi yangiliklar

19:56Волейбол. Йигитларимиз 4-турда Аргентинага имкониятни бой беришди 0 19:09Чендлер нима учун Топурия Царукян билан жанг қилмоқчи эмаслигини айтди 0 18:48ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади" 0 18:24Де Риддер: "30 кун соҳилда дам оламан, сўнгра Чимаев ва дю Плессини мағлуб этаман" 0 18:01Царукян ММА билан шуғулланиш учун дунёдаги энг яхши жой қаерда эканлигини айтди 0 17:39"Қасос олишни хоҳлайман" — Холлоуэй Топурияга қарши жангни истамоқда 0 17:16"Реал" Винисиус Жуниор ўрнига Холандни олиб келмоқчи 0 16:52Хабиб нима учун Жон Жонс билан яқин муносабатда бўлмаганини тушунтирди 0 16:26Роппа-роса бир йил олдин Диёра Келдиёрова Олимпиада чемпиони бўлган эди 0 16:02Баҳодир Жалолов: "Ўйлаганимдек бўлмади... Биз давом этамиз!" 0 15:41Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси 0 15:20Факт: Богдан Гусков UFC'да жанг қилган ўзбекистонликлар орасидаги энг яхши натижани қайд этди 0 14:59Формула-1. Пиастри Бельгиядаги пойгада тенгсиз! 0 14:38Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси ва фарзанди ЙТҲга учради, ҳодиса оқибатида вафот этганлар борлиги айтилмоқда 0 14:14"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда 0

27 fev 11:34
Yangiliklar

Kurash

Samarqandda kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi

Teglar :  KurashSamarqand
IKA taqvim rejasiga qita va Jahon chempionatlari, Osiyo o'yinlari va xalqaro turnirlarda ishtirok etuvchi kurashchilarni saralash uchun milliy chempionatlar o'tkazilmoqda.

Bugungi kungacha Xitoy Taypeyi, Afg'oniston, Indoneziya, Hindiston va Eron kurash federaciyalarida mamlakat chempionatlari yakunlanlanib, terma jamoa azolari saralab olindi.

Kecha esa kurash vatani O'zbekistonda mamlakat ichki chempionati bahslari boshlandi. Yilning muhim musobaqasida tarixiy Samarqand shahri mezbonlik qilmoqda. CHempionatga barcha hududlardan 800 nafarga yaqin nomdor polvonlar g'oliblik uchun gilamga chiqishmoqda.

Kecha mamlakat chempionatining dastlabki kunida musobaqaning ochilish marosimi va 60, 66 kg vazn toifasidagi erkaklar hamda 48, 52 vazndagi ayollar bahslari bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimida Xalqaro Kurash associaciyasi, O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Bosh prokuratura, Samarqand viloyati hokimligi va O'zbekiston Kurash federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

CHempionatni Xalqaro Kurash associaciyasi administraciyasi rahbari Mansur Mirzaev bevosita Samarqand shahrida kuzatib bormoqda.

Bugun erkaklar o'rtasida 73, 81, 90 kg, ayollarda esa 57, 63, 70 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'lsa, ertaga -100, +100 kg va 78, 87, +87 vazndagi kurashchilar o'zaro bellashadilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing