So’nggi yangiliklar

11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0 19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0

05 noy 10:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Sanjar Tursunov: Men Olimpiadaga yo'llanma oldim... gap-so'zlarga esa ahamiyat bermayman!

Teglar :  Sanjar TursunovBoks
Poytaxtimizda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.

Kecha kechki dasturdan o'rin olgan -91 kg vazn toifasidagi chorak final janglari bo'lib o'tdi. A ringda Amirshoh Samadov Tokio Olimpiadasi yo'llanmasi sohibi Sanjar Tursunovga qarshi ringga chiqdi. Qiyin kechgan jang so'ngida Tursunovning qo'li baland ko'tarildi. G'alabadan keyin Sanjar Tursunovdan kichik intervyu olishga muvaffaq bo'ldik.

- Yuzaga kelgan pandemik vaziyat tufayli barcha kabi siz ham ancha muddat jang o'tkazmadingiz...

- Karantin bo'lsa-da, mashg'ulotlar to'xtab qolgani yo'q. Lekin mashg'ulot boshqa, musobaqa boshqa. Siz aytgandek, 7-8 oydan buyon katta ringda jang qilmadim. Musobaqalarda ishtirok etmay tayyorgarlik ko'rib yuraversak, darajamiz ham pasayib boraveradi.

- Belgilangan og'irlikni bajarish uchun necha kilogramm vazn tashladingiz?

- Avvaliga 106 kg edim. Keyin 14-15 kun oralig'ida -91 kiloga tushdim.

- O'tgan yili yarim finalda Jamshidjon Abdullaevga imkoniyatni boy berib qo'ygan edingiz...

- To'g'ri, o'shanda jahon birinchiligidan kelgandim. Yana 10-15 kundan so'ng jang qilishim kerak edi. Ochig'ini aytaman, mamlakat chempionatiga tayyorgarlik ko'rmadim, vaqt ham bo'lmadi. Mashg'ulot ham o'tkazmadim, faqat uxladim. SHuning uchun musobaqani erta tark etganman. Bu safar Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo'ladi.

- Boks muxlislari sizni vazningizda birinchi raqamli bokschi nomiga munosib emas deb juda ko'p tanqid qilishadi. Bunga qanday munosabatdasiz?

Odamlar hamma narsani gapiraverdi. Men xalqaro turnirlarda natija qilayapman. Men Olimpiadaga licenziya oldim, bo'ldi tamom. To'g'risini aytsam, gap-so'zlarga ahamiyat bermayman. 

- Agar Olimpiya o'yinlarida natija qilolmasangiz, terma jamoaga qaytmaydigan bo'lib professional boksga o'tib ketasizmi?

- To'liq prof boksga o'taman, albatta. Lekin Xudo xohlasa Olimpiadada medal olaman.

Sarvinoz Rahmonqulova suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
06 noy 20:37:23
Furqat
Iltimoooos Sanjar xavaskordan yo‘qooool
   
06 noy 09:35:10
Ziyovuddin
Odamlar ham senga etibor berishmaydi
   
06 noy 09:32:39
Ziyovuddin
Jamshid Abdullaev Sanjardan ko'ra yaxshiroq natija ko'rsatgan bo'lardi .
   
05 noy 11:13:10
CHELSEA2211
Ötgan yili Jamshid Abdullayev borish kerak edi...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing