So’nggi yangiliklar

13:18Леонардо Ди Каприо бошқа юлдузлар Уимблдон кортларида + ФОТО 0 12:57Осиё чемпионатида медаллар сони бўйича етакчилик қилган оғир атлетикачиларимиз кутиб олинди 0 12:36Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони B Серия жамоасига ўтди 0 12:15Чемпион Шакур Стивенсон вақтинчалик чемпион Сепедадан бироз оғирроқ тош босди 0 11:54Владимир Свечников Венгриядаги турнирда олтин медални қўлга киритди 0 11:33Уимблдон. Янник Синнер - Новак Жокович учрашувида иккинчи финалчи аниқланди 0 11:12“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди 0 10:51Умида Омонова FIDE Жаҳон кубогининг учинчи босқичига чиқди 0 10:30UFC on ESPN 70 жангчилари тарозига чиқишди 0 10:09Аёллар кураши жамоамиз Осиё чемпионатида 4 та медалга эга чиқди 0 09:48Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин 0 09:27Уимблдон. Алькараснинг ғалабали серияси 24 тага етди ва у финалда! 0 09:06Бугун дзюдочиларимиз Junior European Cup 2025`даги иштироклари бошлашади (Қуръа натижалари) 0 08:45"World Taekwondo Diamond Games": Бугун икки таркибимиз медаллар учун курашади 0 08:24Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди 0

18 okt 17:48
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahram G'iyosovni havaskor boksga nima chorladi? Qachon chempionlik kamari uchun jang qilmoqchi?

Teglar :  SHahram G'iyosov
Toshkent viloyati Yangiobod sport bazasida yig'in olib borayotgan bokschilarimiz orasida SHahram G'iyosovning ham boriligi ko'pchilikning diqqat-markazini tortgani, shubhasiz.

Professional boksda ishtirok etayotgan SHahramning havaskor boksga qaytishi, oldinda turgan rejalar haqidagi intervyuni etiboringizga havola qilamiz:

– Sizni havaskor boksga nima qaytarmoqda?

– Havaskor boksga o'zimga tashlagan “chaqiruv”im qaytardi. Professional boksga o'tganimdan keyin ko'pchilik meni har tomonlama professional bo'lib ketdi, deb aytmoqda. Maqsadim ham professional, ham havaskor boksda yuqori natija ko'rsatish. Men shuncha vaqt bekorga mehnat qilmaganim, shuncha narsadan voz kechganimni ko'rsatishim kerak. Oldimga bir narsani maqsad qilib qo'ydimmi, unga erishishni istayman. O'sha narsa jonajon vatanimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarish va oltin medalni olish. SHuning uchun o'zimga o'zim “chaqiruv” tashladim.

– Bu yig'indan keyin qachon professional boksga qaytasiz?

– Nasib, jahon chempionati finaliga chiqib, g'alaba qozongach 3-4 kun ichida AQSHga jo'nab ketaman.

– Hozir sparringda ko'proq Iglesias bilan ishlayapsiz. So'nggi to'qnashuvingizga ko'p bo'ldi. Aniqki, ikkalangiz ham bor zarbalaringizni ko'rsatmayapsiz. SHunday bo'lsa ham, unda qanday o'zgarishlarni his qilyapsiz?

– 4 yil bo'libdi u bilan jang qilmaganimga. SHuncha vaqtdan beri u havaskor boksda yanada ko'p tajriba to'pladi, Olimpiada chempioni bo'ldi. Men esa professional boksda 11 ta jang o'tkazdim. U juda munosib raqib. SHu paytgacha 3 marta to'qnash kelganmiz. To'g'ri, bir-birimizning “sirlarimizni” oshkor qilmayapmiz. Barchasi ringda aniq bo'ladi.

– Sparring payti bir-biringizning ko'zlaringizga qarasangiz, ichingizdan nima o'tadi?

– Kulgi (kuladi). U ham jiddiy qarab qolsak, kulib yuboradi. Bilasizmi, bir-birimizni kitobdek o'qib bo'lganmiz. Agar qaysidir bosqichda to'qnash kelib qolsak, kim jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi bo'lsa, u g'alaba qozonadi.

– Professional boksda Ahmadaliev chempionlik kamarlarini qo'lga kiritib bo'ldi, Madrimov majburiy davogar darajasiga etmoqda. Sizning navbatingiz qachon keladi?

– Xudo xohlasa, kelasi yilga niyat qilyapmiz. Nasib qilsa, 2022 yil chempionlik kamarini O'zbekistonga olib kelaman.

– Maqsadlaringiz yo'lida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

– Rahmat.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
19 okt 13:10:21
Boks boks
Акилли булма сан ватан шарафини кимоя килганмисан узинг
   
19 okt 13:10:21
Boks boks
Акилли булма сан ватан шарафини кимоя килганмисан узинг
   
18 okt 20:37:54
CHELSEA2211
E hamma ozini ishini qilsada ... Professional boksda yuravermaysanmi...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing