12 iyu 11:33
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. Yannik Sinner - Novak Jokovich uchrashuvida ikkinchi finalchi aniqlandi
Tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner ATP reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda italiyalik tennischi nomdor va tajribali raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3, 6/4.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Yannik oldinda bormoqda - 6:4. Ikkala tennischi ham 12 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, Sinner tomonida bo'ldi - 5 ga 1. Yannik Jokovichga qarshi o'tkazilgan ketma-ket beshinchi uchrashuvda ham zafar quchdi. Endi u bosh sovrin uchun ispaniyalik Karlos Alkarasga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar