12 iyu 10:09
Yangiliklar
Sport kurashlari

Ayollar kurashi jamoamiz Osiyo chempionatida 4 ta medalga ega chiqdi
Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Qita birinchiligining navbatdagi kuni ayollar kurashi bo'yicha bellashuvlar tashkil etildi. O'zbekiston terma jamoasi qizlari yakunda 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Finalga qadar etib kelgan Nilufar Nurmuhammadova (-50 kg) Osiyo chempionligi uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Mai Ogavaga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Nigina Sobirova (-62 kg), Muhayyo Narzilloeva (-65 kg) va Sevinchoy Polvonova (-76 kg) Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Fikrlar