So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

16 noy 09:04
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat. 120 ming dollarlik Prezident kubogida kimlar peshqadamlik qilmoqda?

Teglar :  SHaxmat
Xalqaro shaxmat akademiyasida davom etayotgan shaxmat bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirda 6-tur o'yinlari ortda qoldi.

Ushbu musobaqada dunyoning 9 davlatdan jami 104 nafar mohir shaxmatchilar dona surishmoqda.

«Prezident kubogi» xalqaro turnirida 27 nafar grossmeyster, 16 nafar xalqaro master, ko'plab FIDE ustasi hamda sport ustalari ishtirok etishmoqdaki, bu musobaqaning nufuzi yuqori ekanligini anglatadi.

6-tur o'yinlaridan keyin musobaqada 4 nafar peshqadam ajralib chiqdi. Etiborli jihati, ulardan ikki nafari hamyurtlarimizdir.

Jumladan, hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov oq donalarda ukrainalik Aleksandr Moisenko ustidan g'alabaga erishdi va o'z ochkolari sonini 5taga etkazib, peshqadamlar safidan joy oldi. Nodirbek Yoqubboev esa qora donalarda boshqa bir ukrain shaxmatchisi Vitaliy Sivukni mag'lub etdi va u ham 5 ochko bilan peshqadamlar kvartetiga qo'shildi.

Rossiyalik xalqaro grossmeyster Sanan Syugirov esa 6-turda AQSH sharafini himoya qilayotgan shaxmatchi Timur Gareevni dog'da qoldirib, qo'shimcha koefficientlarga ko'ra peshqadamlikni o'z qo'liga oldi. SHuningdek, ukrainalik Vitaliy Bernadskiy ham 6-turda amerikalik Xans Niemann ustidan g'alabaga qozonib, o'z ochkolari sonini 5taga etkazib oldi.

Bugungi o'yinlarda hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov rossiyalik Maksim Matlakov bilan durangga erishgan bo'lsa, hamyurtlarimiz orasida eng yuqori reytingga ega shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov FIDE ustasi, hamyurtimiz Muhiddin Madaminovni dog'da qoldirdi. Ushbu natijalardan keyin Sindarov va Abdusattorovlar hisobidagi ochkolar soni 4,5taga etdi va ular peshqadamlarni taqib etishmoqda.

Eslatib o'tamiz, «Prezident kubogi» xalqaro turnirining umumiy sovrin jamg'armasi 120 000 AQSH dollarini tashkil etadi va bu mamlakatimiz shaxmati tarixida eng yuqori sovrin jamg'armasiga ega turnir sifatida tarixga kirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing