So’nggi yangiliklar

12:57Осиё чемпионатида медаллар сони бўйича етакчилик қилган оғир атлетикачиларимиз кутиб олинди 0 12:36Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони B Серия жамоасига ўтди 0 12:15Чемпион Шакур Стивенсон вақтинчалик чемпион Сепедадан бироз оғирроқ тош босди 0 11:54Владимир Свечников Венгриядаги турнирда олтин медални қўлга киритди 0 11:33Уимблдон. Янник Синнер - Новак Жокович учрашувида иккинчи финалчи аниқланди 0 11:12“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди 0 10:51Умида Омонова FIDE Жаҳон кубогининг учинчи босқичига чиқди 0 10:30UFC on ESPN 70 жангчилари тарозига чиқишди 0 10:09Аёллар кураши жамоамиз Осиё чемпионатида 4 та медалга эга чиқди 0 09:48Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин 0 09:27Уимблдон. Алькараснинг ғалабали серияси 24 тага етди ва у финалда! 0 09:06Бугун дзюдочиларимиз Junior European Cup 2025`даги иштироклари бошлашади (Қуръа натижалари) 0 08:45"World Taekwondo Diamond Games": Бугун икки таркибимиз медаллар учун курашади 0 08:24Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди 0 08:03Рамзан Қодиров АСА лигаси Шон-шуҳрат Залига қабул қилинди + ФОТО 0

23 dek 15:20
Yangiliklar

Boshqalar

SHirin shahrida bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi

Teglar :  Bel olish
Bugun 23 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining SHirin shahridagi BO'SMda bel olish va uch kurash bo'yicha 2005-2006 hamda 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik – taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha  viloyatlardan  500 nafardan ortiq yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.

BO'SM  sport zalida dastlab,  musobaqaning tantanali ochilish marosimi  tashkil etildi. Marosimda so'z olgan  SHirin shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy – marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Nasiba Alimova, O'zbekiston bel olish va uch kurash associaciyasi bosh kotibi Nosir Azizovlar sportchilarni qutlar ekan,  mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligiga keng etibor qaratilayotgani, xususan, milliy sport turlariga bo'lgan qiziqish va etiborning ortgani haqida takidlab,  musobaqa qatnashchilariga  muvaffaqiyat tilashdi. SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi.  

Musobaqa reglamentiga muvofiq, bugun 2005 - 2008  yillarda tug'ilgan o'smirlar bel olish kurash turi bo'yicha bel olish, bel olishning xalqa  - chalish, bel olishning xalqa - chalishsiz yo'nalishlarida o'g'il bolalar 10 ta vaznda, qizlar esa 3 ta vazn toifasiga  ko'ra bellashishadi. Musobaqalar 25 dekabrga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing