So’nggi yangiliklar

19:40Абдель-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 17:23Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф бор 0 17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0 16:38Эмма Радукану "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 16:16Темиров - Алмабаев жанги ғолибига даъвогар билан жанг қилиш таклифи берилди 0 15:55Станислав Черчесов: "Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью 0 15:28Топурия: "Царукян қўрқиб қолган. У жанг қилмаслиги аниқ бўлганда вазн қила олади" 0 15:05Уимблдон. Амалдаги чемпион 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 14:42WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ва Бектемир биринчи ўринда қолди. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 14:21Алонсонинг биринчи "қурбони": "Реал" устози ҳимоячиларнинг биридан воз кечди 0

29 sen 18:40
Yangiliklar

Bolalar sporti

“So'g'diyona” sport majmuasi faoliyati bilan tanishamiz

Jizzax shahridagi “So'g'diyona” sport majmuasi 2016 yilda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi viloyat Gimnastika bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda viloyat Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablari “Sug'diyona” sport majmuasida mashg'ulotlarni olib borada.

Jizzax shahridagi “Sug'diyona” sport majmuasi 2016 yilda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Viloyat Gimnastika bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi “Bolalar–o'smirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 356-sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Muassasa shug'ullanuvchilari 1 ta (18x42 o'lchamdagi) sport zal, 3 ta sport turi yani badiiy gimnastika, sport gimnastikasi hamda sport akrobatikasi bo'yicha mashg'ulotlarini olib boradi.

Muassasada 42 ta guruhga 446 nafar yoshlar jalb etilgan bo'lib, ulardan 340 nafari qizlarni tashkil etadi. SHundan 270 nafar badiiy gimnastika, 154 nafari sport gimnastikasi, 22 nafar sport akrobatikasi bo'yicha muntazam shug'ullanib kelmoqda. Qiz bolalarni sportga ko'proq jalb qilish maqsadida muassasada haftaning shanba kunlari har xil sport turlaridan ochiq eshiklar kuni tashkil etilmoqda hamda mahorat saboqlari o'tkazib kelinmoqda.

SHuningdek, Zarbdor, Paxtakor va SHarof Rashidov tumanlarida ham o'quv-mashg'ulot guruhlari mavjud bo'lib, 46 nafardan ortiq o'quvchi-yoshlar badiiy gimnastika bilan doimiy ravishda shug'ullanishga jalb etilgan.

Bugungi kunda sport maktabida 23 nafar malakali trenerlar faoliyat olib bormoqda (17 nafari ayollar). SHu o'rinda takidlash lozim, yosh sportchilarga bilim va ko'nikma berib kelayotgan 23 nafar trenerdan 15 nafari oliy, 8 nafari o'rta-maxsus malumotga ega, ulardan 9 nafari 1-toifali va 2 nafari 2-toifali trenerlar hisoblanadi. Bundan tashqari, sport maktabining 1 nafar tarbiyalanuvchisi terma jamoa azosi sanaladi hamda 1 nafari o'rinbosar (stajyor)lar tarkibiga kiritilgan.

Sportchilar Xalqaro turnirlarda jami 25 medal, shundan 2 ta oltin, 10 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgan. O'zbekiston chempionatida jami 143 ta medal jamg'arishgan bo'lib, shundan 130 ta oltin, 6 ta kumush hamda 7 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgan.

SHuningdek, “So'g'diyona” sport majmuasida viloyat Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi ham joylashgan bo'lib, mazkur sport maktabida 1 ta (25x12 o'lchamdagi) suzish havzasi yoshlar ixtiyoriga topshirilgan.

Jizzax viloyati Suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida 4 ta olimpiya (suv polosi, suzish, suvga sakrash, sinxron suzish) sport turlari bo'yicha 27 ta guruhga 204 nafar yoshlar jalb etilgan (85 nafari qizlar). Bundan tashqari, zaxira guruhlarda 50 dan ortiq o'quvchi-yoshlar suv sporti turlari bo'yicha doimiy ravishda shug'ullanib kelmoqda.

Bugungi kunda sport maktabida 4 ta olimpiya sport turlari bo'yicha jami 18 nafar malakali trener faoliyat olib borayotgan bo'lib, ulardan 5 nafari ayollardir. SHu o'rinda takidlash lozim, yosh sportchilarga bilim va ko'nikma berib kelayotgan 18 nafar trenerdan 10 nafari oliy, 8 nafari o'rta-maxsus malumotga ega. Trenerlarning 5 nafari 1-toifali va 3 nafari 2-toifali hisoblanadi.

Sport maktabi o'quvchilari so'ngi 3 yilda respublika musobaqalarida 98 ta medallarni qo'lga kiritishgan. Jumladan, 2017 yilda jami 16 ta, shundan 6 ta oltin, 1 ta kumush, 9 ta bronza. 2018 yilda jami 61 ta, shundan 12 ta oltin, 13 ta kumush va 36 ta bronza. 2019 yilda jami 16 ta, shundan, 1 ta kumush, 15 ta bronza. 2020 yilda esa jami 5 ta, shundan 1 ta oltin, 1 ta kumush hamda 3 ta bronza medallarini o'z hisoblariga yozdirib qo'yishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing