So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

27 jan 12:50
Yangiliklar

Boshqalar

Sport farmakologiyasiga etibor kuchaymoqda

Teglar :  MOQFarmokologiya
Kuni kecha MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov boshchiligida O'simlik moddalari kimyosi institutida Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha sport tibbiyoti va farmakologiyasiga bag'ishlangan yig'ilish tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.

MOQda bo'lib o'tgan uchrashuvda mazkur yig'ilishda belgilab olingan rejalar ijrosini amalga keng tatbiq qilish masalalari ko'rib chiqildi.

Uchrashuvda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Nodir Tursunov, MOQ qoshidagi RSTIAM bosh shifokori Dilshod Mahmudov va Markaz direktorining o'rinbosarlari Miralisher Islamov hamda Iskandar Mavlonov ishtirok etishdi.

Suhbat davomida sportchilarimizning qayd etayotgan natijalarini yanada yaxshilash bo'yicha farmakologik vositalardan to'g'ri va maqsadli foydalanishga alohida etibor qaratildi. Unda O'simlik moddalari kimyosi institutida o'tkazilgan yig'ilishdan xulosa chiqargan holda quyidagi masalalar bo'yicha chuqur mulohazalar olib borildi: RSTIAM tomonidan bugungi kunda terma jamoalarimiz foydalanayotgan tibbiyot vositalari bo'yicha tahliliy o'rganishlarni amalga oshirish, federaciya shifokorlari bilan ishlash tizimini qayta tahlil qilib chiqish, tibbiyot vositalaridan to'g'ri foydalanish va buning uchun har bir federaciyalarda maxsus seminarlar o'tkazish. Yig'ilishda yuqorida sanab o'tilgan yo'nalishlar bo'yicha masul xodimlarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

SHuningdek, ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida kerakli tibbiyot vositalarini imkon qadar o'zimizda ishlab chiqarish, sportchi, shifokor va RSTIAM o'rtasidagi ishlash mexanizmini takomillashtirish, terma jamoalardagi farmakologik taminotni qayta ko'rib chiqish, asosiysi sportchilarimizni taqiqlangan dori vositalaridan saqlash yo'nalishlariga ham alohida to'xtalib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing