So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

15 okt 07:33
Yangiliklar

Sport kurashlari

Sport kurashlari bo'yicha terma jamoamizning rejalari muhokama qilindi

Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston sport kurashlari associaciyasining karantindan keyingi davr uchun rejalari, Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik dasturi muhokama qilindi.

Unda Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari, associaciya bosh kotibi va terma jamoa murabbiyi ishtirok etishdi.

Suhbat davomida kurashchilarimizning o'z vazn toifalarida nafaqat licenziya olish, balki Olimpiadada medal qo'lga kiritish imkoniyatlari, tayyorgarlik doirasida tashkil qilinadigan mahalliy va xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlari, shuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi.

“Kuni kecha Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va kasaba uyushmalarining vakillari bilan mazkur masala yuzasidan gaplashib oldik. Ular ham sportchilarimizni yirik musobaqalarga tayyorlash borasida qanday yordam kerak bo'lsa, xizmatga tayyor ekanliklarini malum qilishdi. Asosiysi, bizni Prezidentimiz qo'llab-quvvatlamoqda. Federaciya va murabbiylar shtabi uchun nima kerak bo'lsa, biz hal qilishda yordam beramiz. Sizlardan buning uchun faqat natija kutamiz”, – dedi MOQ rahbari.

Uchrashuv davomida federaciya mutasaddilariga sportchilar uchun ularning bo'sh vaqtlarida manaviy-marifiy tadbirlar tashkil qilish, hozirda Rossiyada mashg'ulot olib borayotgan kurashchilarimizni mamlakatimizga chaqirib, yoshlar uchun ular ishtirokida mahorat saboqlari o'tkazish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing