So’nggi yangiliklar

16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0 13:50Спорт вазири Ўзбекистон давлат спорт академияси фаолиятини намунали ташкил этишга доир тақдимот билан танишди 0 13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0

29 avg 17:15
Yangiliklar

Boshqalar

Sportni rivojlantirish vaziri Samarqand shahridagi sport majmualari holati bilan tanishdi

Bugungi kunda mamlakatimizda sportning barcha turlarini rivojlantirishga alohida etibor qaratib kelinmoqda.

Jumladan, joylarda sport inshootlarini barpo etish, ularga malakali murabbiylarni jalb qilish hamda terma jamoalarga munosib sportchilarni etkazib berish maqsadida hududlarda bir qator musobaqalar ham tashkil etilyapti.


Xususan, sportni rivojlantirish borasida Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov mazkur viloyatda xizmat safarida bo'ldi.

Samarqand shahriga tashrifi davomida sport muassasalarining 2022/2023-o'quv yiliga tayyorgarlik jarayoni hamda sportning o'yin turlari va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, ularda shug'ullanayotgan sportchilar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.


O'rganishlar davomida Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi samaradorligini yanada oshirish, bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug'ullanishi hamda sportchilar sonini oshirish natijasida yuqori salohiyatli sportchilarni tayyorlash, shuningdek, sport infratuzilmasini yaxshilash borasida tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

SHu bilan birga, vazir Adxam Ikramov "Afrosiyob arena"dagi qurilish-tamirlash ishlari bilan ham tanishib, joriy yilning sentyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan nufuzli sport musobaqalarini tashkil etish bo'yicha masullarga ko'rsatmalar berdi.

Qolaversa, viloyat mutasaddilari tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining ikkinchi mavsumini o'tkazish uchun ko'rilgan chora-tadbirlar haqida ham malumot berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing