27 dek 14:37
Yangiliklar
Sport vazirligiga 2025 yil uchun davlat byudjetidan 1 134 756 000 000 so'm ajratiladi
Qonunchilik palatasi qabul qilingan, keyinchalik Senat tomonidan tasdiqlagan Davlat byudjeti to'g'risidagi qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligiga 2025 yil uchun 1 trillion 134 milliard 756 million so'm mablag' ajratildi. Bu taxminan 88 million AQSH dollari degani.
Xususan, ushbu summaning 190 milliardi Olimpiya o'yinlariga samarali tayyorgarlik ko'rish uchun yo'naltiriladi.
Taqqoslash uchun, Maktabgacha va maktab talimi vazirligiga 59 trillion, Oliy talim, fan va innovaciyalar vazirligiga 6 trillion, Sog'liqni saqlash vazirligiga 4 trillion 999 million, Madaniyat vazirligiga 1 trillion 207 million so'm ajratilgan.
Sport vazirligi uchun ajratilgan mablag'ning qolgan qismi qanday taqsimlanishini quyidagi jadvalda ko'rishingiz mumkin.
Eng muhimi, davlat byudjetidan ajratilgan pullar maqsadli tarzda, o'z joyiga sarflansin!
Fikrlar