So’nggi yangiliklar

15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0 12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0 12:11Муроджон Аҳмадалиев илк бизнесини йўлга қўйди (ВИДЕО) 0 11:50UzChess Cup. Бугун ғалвир сувдан кўтарилади, уччала гуруҳда ҳам чемпион бўлишимиз мумкин 0 11:29Шоҳасан яна ўйиндан чиқди. Octagon 75 марказий жангида Азамат Нуфтиллаевни кўрамиз + ПОСТЕР 0 11:08Элдор Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди 0 10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0

15 noy 18:57
Yangiliklar

Tennis

Tennis bo'yicha O'zbekiston kubogi yakunlandi

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston kubogi yakunlandi.

Musobaqada 4 guruhga bo'lingan holda 15 ta jamoa ishtirok etdi. Uchrashuvlar yakkalik va mikst yo'nalishlarida o'tkazilib, g'olib nomini aniqlab berdi. Etiborlisi, finalda Toshkent-1 va Toshkent-2 jamoalari o'zaro kurash olib borishdi.

Erkaklar o'rtasidagi yakkalik toifasida Olimjon Nabiev (Toshkent), ayollar o'rtasida esa Yasmina Karimjonova (Toshkent) g'alaba qozondi. Mikstda Maksim SHin/Milana Maslenkova (Toshkent) juftligiga etadigan topilmadi. 

Jamoaviy bellashuvlar ham juda qizg'in kechdi. Mikst bahslarida Toshkentning ikki jamoasi vakillari kortga chiqishdi.

Erkaklar. Yakkalik
1-o'rin – Olimjon Nabiev (Toshkent)
2-o'rin – Maksim SHin (Toshkent)
3-o'rin – Sanettula Kutibaev (Qoraqalpog'iston)

Ayollar. Yakkalik
1-o'rin – Yasmina Karimjonova (Toshkent)
2-o'rin – Milana Maslenkova (Toshkent)
3-o'rin – Nasiba Empolova (Qoraqalpog'iston)

Mikst
1-o'rin – Makim SHin/Milana Maslenkova (Toshkent)
2-o'rin – Olimjon Nabiev/Yasmina Karimjonova (Toshkent)

Final uchrashuvi va taqdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov va tennis federaciyasi vakillari ishtirok etishdi.

Taqdirlash marosimi yakunlangach, MOQ rahbari tennischilar bilan suhbatlashdi, ularni navbatdagi g'alabalar sari ruhlantirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing