So’nggi yangiliklar

10:40Порье фаолиятини нима сабабдан якунлаётганига изоҳ берди 0 10:19Аввал Рамазон Темиров, энди эса Абу-Даби турнирининг co-main event жанги бекор қилинди 0 09:58Олимпиада-2028 теннис мусобақасининг санаси маълум 0 09:37Терма жамоамиз ҳимоячиси яна БАА чемпионатига қайтди 0 09:16Умида Омонова FIDE Жаҳон кубоги учинчи босқичининг энг яхшиси деб топилди 0 08:5512 нафар таэквондочимиз Бутунжаҳон Универсиада ўйинларида иштирок этади 0 08:34Богдан Гусковнинг бразилиялик жамоадоши Россия фуқаролигини олмоқчи 0 08:13Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди 0 07:52Нурсултон Рўзибоев октагонга чиқадиган UFC 319 турнири учун яна бир катта жанг қўшилди + ПОСТЕР 0 07:31Бугун таэквондочиларимиз "Korea Open" турниридаги юришини бошлайди 0 18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0

25 noy 14:45
Yangiliklar

Dzyudo

Terma jamoamiz Abu-Dabi shahriga etib bordi. Bugun qura, ertaga musobaqa!

Xabaringiz bor, 26-28 noyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tadi.

Yilning so'nggi "Katta Dubulg'a" musobaqasida dunyoning 5 qitasi 41 davlatidan jami 225 (137 erkak, 88 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun tatamiga chiqadi. Yurtimiz sharafini Ilias Iliadis va Bekzod To'raboev murabbiyligidagi 10 nafar dzyudochimiz himoya qiladi. Ular orasida Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov ham bor. 

Abu-Dabi tatamilarida London-2012 Olimpiadasida oltin, Rio-2016 kumush, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida bronza medali sohibi bo'lgan gruziyalik Lasha SHavdatuashvili, Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, jahon chempioni, belgiyalik Mattias Kasse, Tokio Olimpiadasining oltin (jamoaviy) va kumush (yakkalik) medali egasi, franciyalik Amandin Bushar singari dzyudo yulduzlari BAA poytaxtiga etib borishgan. 

Yaponiya terma jamoasi tarkibidan ikki ayol dzyudochi o'rin olgan. Kunchiqar yurtning erkaklar terma jamoasi BAAga kelmaydi. Franciya 11 erkak, 10 ayol, Rossiya 13 erkak, 9 ayol, Mo'g'uliston 10 erkak, 10 ayol, yon qo'shnilarimiz Tojikiston 10 erkak, Qirg'iziston 4 erkak dzyudochi bilan musobaqada qatnashadi. Qozog'iston dzyudochilari turnirda ishtirok etishmaydi. 

Terma jamoamiz delegaciyasi ham Abu-Dabiga etib bordi. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00da "Katta Dubulg'a" turniriga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Ertaga esa engil vazn toifasidagi bellashuvlar bilan musobaqaga start beriladi.              

Abu-Dabi "Katta Dubulg'a"da qatnashadigan tarkibimiz:

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-60 kg: Dilshodbek Baratov

-66 kg: Dilshodbek Yo'ldoshev 

-73 kg: Hikmatulloh To'raev

-81 kg: Suhrob Tursunov, Arslonbek Tojiev

-90 kg: Davlat Bobonov 

-100 kg: Muzaffarbek To'raboev, Aqlmurod Xudoyberdiev

+100 kg: SHohruh Mamarasulov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing