So’nggi yangiliklar

18:28Шок хабар: фигурали учувчилар Екатерина Гейниш ва Дмитрий Чигирёв жуфтлиги ажралиши айтиляпти, спортчилар Хитой Гран-присида иштирок этмаслиги аниқ! 0 18:07Жаҳон рейтинги янгиланди: таэквондочиларимизнинг ҳолати қандай? 0 17:46АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади 0 17:23Мужибилло Турсунов WBC Гран-присидаги ғалабали юришини давом эттирди 0 16:59UFC жангчиларнинг гонорар ва бонусларини оширади 0 16:38ATFC кейинги турнирини Гулистонда ўтказади 0 16:17Иноуэ — Аҳмадалиев жанги учун чиқарилган чипталар икки соатда сотиб бўлинди 0 15:56Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифига жавоб берди 0 15:35Конор Макгрегор: "Хайр, PPV! Мен қирол эдим" 0 15:14Ўзбекистон пара каноэ терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:53Нурсултон Рўзибоев: "Менда ҳам тил бор" 0 14:32Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди 0 14:11"Мен овчиман, қурбон эмас" - Дю Плесси Чимаевга қарши жанг ҳақида 0 13:50Шара Буллет навбатдаги жангини қачон ўтказиши ҳақида гапирди 0 13:29Анвар Анваров Венгриядаги турнирда бронза медалини қўлга киритди 0

22 apr 07:52
Yangiliklar

Dzyudo

Termizda zamonaviy dzyudo zali foydalanishga topshirildi FOTOGALEREYA

Teglar :  SurxondaryoTermiz
Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahridagi 9-umumtalim maktabi hududida barcha zamon talablariga javob beruvchi dzyudo zali mahalliy yoshlar ixtiyoriga topshirildi.

Kecha ushbu engil konstrukciyali (sendvich panelli) dzyudo zalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi o'rinbosari Ilhom Safarov, Termiz shahar hokimi o'rinbosari Kamol Ashurov, viloyat xalq talimi boshqarmasi boshlig'i Suluv Hamidova, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Bekzod To'raboev, milliy terma jamoamiz dzyudochilari hozir bo'lishdi. 

So'zga chiqqanlar qisqa fursatda bunyod etilgan dzyudo zali mahalliy yoshlar hamda maktab o'quvchilari uchun chinakam sovg'a bo'lgani, kelajakda ushbu sport maskanidan Olimpiada va jahon chempionlari etishib chiqishini, eng muhimi, bu zal dzyudo bilan shug'ullangan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari, salomatliklarini yanada mustahkamlashlari uchun xizmat qilishini alohida takidladilar.            

Jajji bolajonlarning qo'shiq kuylab raqsga tushishlari, yosh dzyudochilarning ko'rgazmali chiqishlari tantanali ochilish marosimiga yig'ilganlarga zavq va ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing