So’nggi yangiliklar

23:00Азамат Нуфтиллаев камар соҳиби бўлди, "Сатурн"да рақиб ўзгарди ва "Octagon 75" турнирининг барча натижалари 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

03 iyu 17:19
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilar taqdirlanishdi

Teglar :  Taqdirlash
Bugun Turizm va sport vazirligida O'zbekiston sportchilarini 2021 yul Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o'yinlariga so'nggi tayyorgarlik jarayoni bilan bog'liq tashkiliy masalalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov, vazirlik va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, sport federaciyalari va associaciyalarining masul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda dastlab Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritgan sportchilardan bir guruhi hamda ularni tayyorlagan trenerlar pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezident qaroriga muvofiq, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarning har biriga 100 million so'm miqdirida, ularni tayyorlagan trenerlariga esa 50 million so'm miqdoridagi pul mukofotlari uchun sertifikatlar topshirildi.

Mukofotlarni sportchilar va trenerlarga O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri A.Abduxakimov hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi R.SHoabduraxmonov topshirdi.

Quyida mukofotlangan sportchi va trenerlar bilan tanishing:

Olimpiya o'yinlariga

Safaraliev Sobir Xusnitdin o'g'li – akademik eshkak eshish, 2000 m. LM 2x;

Treneri – SHugurov Dmitriy Vladimirovich;

Xolmirzaev SHaxboz Ibrohim o'g'li – akademik eshkak eshish, 2000 m. LM 2x;

Treneri – Didrix Vyacheslav Sergeevich;

Taxirova Muxtasar Jahongir qizi – O'q otish (10 m. miltiqdan otish, 50 m. pnevmatik miltiqdan otish);

Treneri – Kuznecova Elena Borisovna;


Paralimpiya o'yinlariga

Isoqova Ziyoda Abdug'affor qizi – Parataekvondo (-49 kg vazn toifasi);

Treneri – Qo'ziev Bobur Sobirovich;

Toxirov Zuxriddin Zoxir o'g'li – Parataekvondo (-61 kg vazn toifasi);

Treneri – Qo'ziev Bobur Sobirovich.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing