So’nggi yangiliklar

19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0 16:16Макс Холлоуэй қандай ҳолатда Топуриянинг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 1 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0

21 sen 19:57
Yangiliklar

Sport kurashlari

Tokio-2020 tahlili: Diqqatimiz markazida olimpiada medalini bergan sport kurashlari

Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida qatnashgan terma jamoalarimizning ishtirokini tahlil qilish, Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejalariga qaratilgan yig'ilishlar davom etmoqda.

Bugun sport kurashlari bo'yicha polvonlarimizning chiqishi muhokama qilindi. Yig'ilishda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning o'rinbosari SHerzod Tashmatov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Sportning yakkakurash turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov ishtirok etishdi.

Yig'ilishda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bosh kotibi SHuhrat Mamadaliev boshchiligidagi terma jamoa murabbiylari bilan kurashchilarimizning ishtiroki tahlil qilindi. Associaciya mutasaddilarining malum qilishicha, Olimpiya o'yinlaridan so'ng har bir yo'nalishda (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) vaziyat chuqur o'rganilib, tegishli xulosalar chiqarilgan. Unga ko'ra, ayollar kurashida murabbiylar shtabi to'liqligicha o'zgargan. Erkin va yunon-rum kurashida jami 5 nafar maslahatchi murabbiyning xizmatiga ehtiyoj yo'qligi malum bo'lgan.

“Olimpiadadan so'ng o'zimiz ishtirokimizni alohida tahlil qildik va kamchiliklarimizni ko'rib chiqdik. Yigitlarimiz bilan ishlagan Adham Ochilov endi ayollar jamoasini boshqaradi. Bu yil asosiy etiborimiz Serbiyada o'tadigan 23 yoshgacha bo'lgan toifadagi jahon chempionatiga qaratiladi. Boisi ushbu yoshdagi kurashchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi uchun asosiy davogar bo'ladi. Ularning xalqaro musobaqalarda tajriba olishi juda muhim”, – dedi SHuhrat Mamadaliev.

SHuningdek, yig'ilish davomida xorijlik mahalliylashtirilgan sportchilardan imkon qadar voz kechish, buning o'rniga chekka hududlardan iqtidorli yoshlarni saralab olishga katta ahamiyat qaratish, sport tibbiyoti va psixologiya yo'nalishlari bo'yicha tajriba orttirish kabi masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
21 sen 21:20:02
Zulmatni Tarketib
Norvegiyaga Jahon chempionatiga terma jamoani yubora olmagan, rahbarlar majlisga balo bormi????
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing