So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

15 iyu 08:51
Yangiliklar

Og'ir atletika

Tokio Olimpiadasi licenziantlari taqdirlandi (+FOTOGALEREYA)

Kecha respublika Kasaba uyushmalari federaciyasida Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilar va ularning murabbiylari taqdirlandi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Kasaba uyushmalari federaciyasi raisi Qudratilla Rafikov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, sport faxriylari, keng jamoatchilik vakillari va jurnalistlar  ishtirok etishdi.

So'z olganlar Prezident va hukumatimiz tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilayotgan etibor xususida to'xtalib o'tishdi.

Tadbirda Kasaba uyushmalari tarkibida bo'lgan Tokio-2020 licenziatlari, jumladan, og'ir atletikachilar Akbar Jo'raev, Muattar Nabieva va Kumushxon Fayzullaeva, engil atletikachi Suhrob Xo'jaev, akademik eshkak eshuvchi Sobir Safaraliev Kasaba uyushmalari federaciyasi tomonidan 10 million so'mdan, ularning murabbiylari esa 5 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. O'z navbatida, yirik xalqaro musobaqalarda g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan Muhammadqodir Toshtemirovga ham munosib etibor ko'rsatildi.

O'z navbatida, atletlarimiz muhtaram Prezidentimiz va hukumatimizning bunday etiboridan xursand ekanliklarini bildirib, kelajakda Yangi O'zbekiston uchun yangi g'alabalar taqdim qilishga vada berishdi.

Muallif: Alimurod Mamadaminov



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing