So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

31 mar 11:01
Yangiliklar

Zamonaviy beshkurash

Tokio Olimpiadasiga yo'l olgan beshkurashchimiz Jahon kubogida 92 nafar sport ichida 76-natijani qayd etdi

Teglar :  Beshkurash
23-28 mart kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida zamonaviy beshkurash bo'yicha mavsumning ilk yirik musobaqasi – Jahon kubogining birinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda sayyoramizning eng kuchli beshkurashchilari qatorida O'zbekiston terma jamoasi azosi, Tokio-2020 licenziati Aleksandr Savkin ham ishtirok etdi.

Erkaklar o'rtasidagi musobaqada jami 92 nafar atlet 3 guruhga bo'lingan holda qatnashdi. Ulardan 30 nafari saralashdan o'tib, final bosqichiga yo'l oldi. Afsuski, hamyurtimiz bu borada 76-natija bilan turnirdagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz qilichbozlik yo'nalishida o'tgan 30 jangdan 17 tasida ustun kelib, 13 tasida imkoniyatni boy berdi. 200 metrga kechgan suzish bahsida esa 2:05.72 daqiqa qayd etdi. Musobaqada latviyalik Pavels SHekvos g'alaba qozondi. Ikkinchi o'rin misrlik Ahmed Hamidga nasib etgan bo'lsa, germaniyalik Patrik Dogu kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Musobaqada ishtirok etishdan ko'zlangan maqsad, avvalo, sportchilarimizning yaxshi sport formasiga kirib borishlarini taminlash, Tokio-2020 Olimpiadasiga qadar tayyorgarlikning eng yuqori cho'qqisiga kirishdir. Bu yo'lda uzoq muddatli tanaffusdan so'ng bo'lib o'tgan bunday musobaqalardagi ishtirok katta yordam beradi.

Takidlash joiz, musobaqada hamyurtimizning ishtirokini kuzatib borish uchun O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev Budapeshtga tashrif buyurdi. Safar davomida Bahromjon Gaziev Xalqaro beshkurash federaciyasi prezidenti doktor Klaus SHorman bilan uchrashib, bir qator istiqbolli masalalarni muhokama qilishdi.

Qayd etish joiz, ushbu sport turida ayollar o'rtasida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgan boshqa bir vakilamiz Alise Faxrutdinova kichik jarohati sabab musobaqada ishtirok etmadi. Sportchilarimizning kelgusi ishtiroklarida omad tilab qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing