So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

26 may 08:19
Yangiliklar

Velosport

Toshkentda “Mo'ynoqqa madad” velomarafoni o'tkazildi

Ayni kunlarda Respublikamiz bo'ylab “Mo'ynoqqa madad” shiori ostida turli tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

 Bugun poytaxtimizdagi markaziy ko'chalarda ushbu shior ostida velomarafon tashkil etildi.

“Humo arena” muz saroyining oldida start olgan musobaqa Toshkentning chiroyli va etiborli ko'chalari bo'ylab yo'nalish oldi. Bu esa shahrimiz aholisi orasida sog'lom turmush tarzini yana-da keng targ'ib qilish, yoshlarni sportga jalb etish yo'lidagi muhim tadbirlardan biri bo'ldi. Ahamiyatlisi, unda yaqinda tuzilgan para-velosport bo'yicha terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishdi.

Ekologik xayriya marafonining ochilish marosimida MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avaz Karimov, O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi ijroiya qo'mitasi raisi Narzullo Oblomurodov, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi. Tadbirda so'z olgan vakillar hukumatimiz boshchiligida sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga qaratilayotgan etibor, ayniqsa, Orolbo'yi hududida ekologik muvozanatni tiklash kabi yo'nalishlarda olib borilayotgan islohotlarga urg'u berib o'tishdi.

Mazkur loyiha 21-may kuni yurtimizning eng chekka sharqiy hududi, Andijon viloyatining Xonobod shahrida start olgan bo'lib, Mo'ynoq shahrida yakunlanadi. Undan tushgan xayriya pullari Mo'ynoqning irrigaciya tizimlarini yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash kabi muammolarini hal etishga yo'naltiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing