So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

16 okt 14:40
Yangiliklar

Bolalar sporti

Uchtepa tumani 2-sonli BO'SM faoliyatiga nazar FOTOREPORTAJ

Teglar :  BO'SMUchtepa
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi bolalar va o'smirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 356-sonli qaroriga asosan, 2016 yil 1 martdan Uchtepa tumanida 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi ish faoliyatini boshlagan.

Hozirgi kunda bolalar-o'smirlar sport maktabida 11ta olimpiya (badiiy gimnastika, boks, taekvondo VTF, tennis, engil atletika, og'ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, akademik eshkak eshish, badminton, futbol, kamondan otish) hamda ikkita milliy (belbog'li kurash, Turon jang sanati) sport turlari bo'yicha to'garaklar faoliyat yuritmoqda.

Sport turlari bo'yicha murabbiylar soni 28 nafar bo'lib, shundan sport ustasi – 11 nafar, oliy toifali murabbiy – 3 nafar, 1-toifali murabbiy – 12 nafar hamda 2-toifali ikki nafar trener-murabbiylar shug'ullanuvchilarga saboq berib kelishyapti.

Sport turlari bo'yicha 53 ta guruhda hozirgi kunda 530 nafar sportchi shug'ullanib kelmoqda.

Uchtepa tumani 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Mahalla xayriya jamg'armasi, Xalq talimi bo'limi, Maktabgacha talim bo'limlari bilan hamkorlikda ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etib kelmoqda.

BO'SM shug'ullanuvchilaridan 2018 yilda 46 nafari, 2019 yilda 30 nafari, 2020 yilda 31 nafari sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan.

Har yili O'zbekiston chempionati va kuboklarida yuzdan ortiq sportchi g'olib va sovrindorlar safidan joy olib kelmoqda. Misol tariqasida, BO'SM tarbiyalanuvchilari 2019 yilning o'zida sport turlari bo'yicha O'zbekiston chempionatlarida 33ta oltin, 42ta kumush hamda 56ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Hozirda Uchtepa tumani 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida yangi suv havzasi barpo etilgan bo'lib, yaqin kunlarda o'z faoliyatini boshlaydi.

Ushbu suv havzasida suzish, suv polosi, sinxron suzish kabi sport turlari bo'yicha tayyorgarlik olib borilmoqda. Suzish bo'yicha malakali trener-murabbiylar ishga jalb qilinib, 200ga yaqin bolalarni suv sporti turlariga qabul qilish rejalashtirilgan.

Sport maktabi tarbiyalanuvchilari xalqaro musobaqalarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Jumladan, ular tomonidan xalqaro sport arenalarida 9ta oltin, 4ta kumush hamda 11ta bronza medallari qo'lga kiritilgan.

Hozirgi kunga kelib BO'SM tarbiyalanuvchilari orasidan badiiy gimnastika, boks, taekvondo VTF, kamondan otish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, akademik eshkak eshish, belbog'li kurash hamda "Turon" sport turlari bo'yicha g'olib va sovrindorlar etishib chiqmoqda. Ishonamizki, mazkur sport maktabi tarbiyalanuvchilari orasidan yaqin yillarda olimpiada chempionlari ham etishib chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing