So’nggi yangiliklar

07:22Расман: Исак - "Ливерпуль" футболчиси! Трансфер рекорди янгиланди 0 07:01US Open. Свёнтек сўнгги рус теннисчисини ҳам мағлуб этди 0 19:23Аманда Нунес жамоасида Кайла Харрисонга қарши жанг санаси маълум қилинди 0 19:02Дзюдочиларимиз "Jenys" таркибида Континентал Лиганинг "Шарқ" дивизиони ғолиби бўлишди 0 18:41"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go! 0 18:20Разамбек Жамалов UFC'дан таклиф бўлганини айтди 0 17:59Абдул-Раҳмон Яҳёевга UFC`да дебют жанг берилди 0 17:38Ўзбекистонлик ёш фигурали учувчи Туркия Гран-присида иштирок этди 0 17:1739 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди 0 16:56Проф боксда амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони илк ҳимоя жангини ўтказади 0 16:35Академик эшкак эшувчиларимиз икки ёш тоифасидаги қитъа биринчилигида 7 та медалга эга чиқишди + ФОТО 0 16:14Муроджон Аҳмадалиевнинг бугунги очиқ машғулотидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:53Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go! 0 15:32Велотрекчиларимиз Осиё кубогида 11 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 15:11Карлос Алькарас — 13 "Катта Дубулға" турнирлари 1/4 финалига чиққан энг ёш теннисчи! 0

30 okt 08:04
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Vegas 63. Markaziy jangda texnik nokaut va oqshomning qolgan barcha natijalari bitta xabarda

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

UFC Vegas 63 oqshomining markaziy jangi amerikalik Kelvin Kattar hamda britaniyalik Arnold Allen o'rtasida o'tkazildi. Jang ikkinchi raundda Kattarning tizzasidan olgan jarohati sabab to'xtatildi. Kelvin birinchi raundda tizzasini jarohatlab olgan edi. Hakamlar texnik nokautli g'alabani Allenga taqdim etishdi.

Turnirning so-main event jangida UFC faxriysi Tim Mins faoliyatidagi ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U uch raund yakunlariga ko'ra Maks Griffinga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.

UFC Vegas 63 oqshomining qiziqarli janglaridan yana biri og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda belaruslik Andrey Orlovskiy braziliyalik Markos Rojerio de Limaga qarshi oktagonga ko'tarildi.

Jang birinchi raundning o'zidayoq yakuniga etdi. De Lima bo'g'ish usuli bilan tajribali raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Bu Orlovskiyning faoliyatidagi 21-mag'lubiyat bo'ldi. Uning hisobida 30 ta g'alaba ham bor. O'z o'rnida de Lima MMAdagi 20-g'alabasini tantana qildi.

Gruziyalik o'rta vazn toifasi jangchisi Roman Dolidze birinchi raundning so'nggi daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada amerikalik Fil Xousni nokautga uchratdi. 

SHuningdek, ushbu oqshomda Treshin Gor, Yun Yon Pak, Stiv Garsiya va Kristian Rodriges ham navbatdagi g'alabalarini qo'lga kiritishdi. Ularning bari raqiblarini muddatidan avval taslim etishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing