01 sen 12:02
Yangiliklar

UFC Fight Night 258: Imavov - Borralo oqshomining to'liq kardi tasdiqlandi
Promoushen rahbarlari UFC Fight Night 258 turnirining to'liq kardini tasdiqlashdi. Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida franciyalik Nassurdin Imavov hamda braziliyalik Kayo Borralo o'rtasida o'tkaziladi.
Yodingizda bo'lsa, Kayo uch yil oldin BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkazilgan turnir doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Katta ehtimol bilan Imavov - Borralo jangi davogarlik maqomida bo'ladi.
UFC Fight Night 258 turnirining to'liq kardi:
Asosiy kard
Nassurdin Imavov — Kayo Borralo
Patrisio Freyre — Lozen Keyta
Maurisio Ruffi — Benua Sent-Deni
Boladji Oki — Meyson Jons
Modestas Bukauskas — Pol Kreyg
Fares Ziam — Kaue Fernandes
Prelim kard
Umar Si — Brendson Ribeyro
Marchin Tibura — Ante Deliya
Rinat Faxretdinov — Andreas Gustafsson
Robert Ruxala — Uillyam Gomis
Sem Patterson — Trey Uoters
Bred Tavares — Robert Brichek
SHona Bennon — Sem Xyuz
Fikrlar