So’nggi yangiliklar

18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0 14:53Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди 0 14:32Дю Плесси: "Мен Хамзатни ушбу комбинация билан нокаутга учратаман" 0 14:11Берреттини US Open`ни ўтказиб юборади 0 13:50Хамзат Чимаев: "Африка энди ҳеч қачон UFC чемпионлик камарини кўрмайди" 0 13:29"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади 0

13 may 10:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Usik Joshua bilan revansh jangini qaerda o'tkazmoqchiligi malum

Ukrainalik bokschi Entoni bilan Yaqin SHarqda jang qilish niyatida.

Superog'ir vaznda WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Aleksandr Usikning Entoni Joshua bilan revansh jangiga ham oz vaqt qolmoqda.

Joshuaning promouteri hisoblanmish Eddi Xirn ukrain bokschisining jamoasi bilan bo'lib o'tgan muzokaralar tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi. Xirnning so'zlariga qaraganda, Usik revanshni Yaqin SHarq hududida o'tkazishni istaydi.

"23 iyun sanasi aniq emas, ammo o'sha kuni Yaqin SHarqda Usik — Joshua jangini ko'rishingiz uchun yaxshigina imkoniyatimiz bor. Butun dunyo bo'ylab bizda takliflar bor, ularning ustida ishlayapmiz. Bu variantni tanlashga yaqinmiz.

Usikning jamoasi Yaqin SHarq variantini afzal ko'rishlarini aytishdi, tabiiyki, u ko'p pul ishlab olmoqchi. Yaqin SHarqdagi summa Britaniyadagidan qo'proq bo'lishidan tashqari, Usikning jamoasi jangni neytral hududda o'tkazish haqida o'ylayapti, ularni bu borada ayblamayman. Xullas, mana biz endi qaerdamiz".

Xirn Usik — Joshua jangining qachon rasman elon qilinishini aytdi.

"Jangni shu haftada elon qilamizmi? To'g'risini aytsam, yo'q. Keyingi haftada elon qilamizmi? Albatta. Bu jangni iyul oyida tomosha qilasiz, tez orada rasman elon qilinadi", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi Boxingnews24.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing