14 avg 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni Endi Ruis ringga qaytishga yaqin
Kelib chiqishi meksikalik bo'lgan amerikalik superog'ir vazn toifasidagi Endi Ruis jarohatidan forig' bo'ldi.
Sobiq jahon chempioni ringda faol mashg'ulotlarga kirishdi va buni o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi. 35 yoshli Ruis qo'li singanidan keyin katta tanaffus olgan edi. Hozircha uning bo'lajak raqibi kim bo'lishi nomalum.
Endi so'nggi jangini 2024 yil Los-Anjelesda Jarrell Millerga qarshi o'tkazgandi. Uning hisobida 35 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 1 ta durang bor. Ruis 2019 yilda britaniyalik Entoni Joshuani shov-shuvli tarzda nokautga uchratib, undan o'ta og'ir vazn toifasidagi IBF va WBO chempionlik kamarlarini tortib olgandi. Keyinchalik Joshua Endini ochkolar bo'yicha mag'lub etib, revansh olishga muvaffaq bo'lgan edi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar