So’nggi yangiliklar

07:22Юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига тайёргарликни Владикавказда олиб боришяпти 0 07:01Шавкат Раҳмоновнинг кейинги рақиби Нурсултон Рўзибоевнинг жамоадоши бўлиши мумкин 0 18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0

15 iyu 08:32
Yangiliklar

Og'ir atletika

Vazir Xalqaro og'ir atletika federaciyasi rahbari bilan uchrashdi

16-25 iyul kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

SHu munosabat bilan og'ir atletika sporti bo'yicha faxriy mehmonlar yurtimizda bo'lib turishibdi. Kecha Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti Muhammad Hasan Jalud (Iroq) hamda Osiyo og'ir atletika federaciyasi prezidenti Al-Mana Muhammad Yusuf (Qatar) Sportni rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov hamda vazir o'rinbosari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHaxrullo Maxmudov kutib oldi. 

Uchrashuvda mehmonlar og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslarini yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha ishlar amalga oshirilganligini alohida etirof etishdi. SHuningdek, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.

Malumot uchun: ushbu musobaqada qitamizning 22 ta davlatidan jami 400 nafardan ziyod atletlar medallar uchun bahs olib borishadi. Unda O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasining 30 nafarga yaqin azosi Vatanimiz sharafini himoya qilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi qita chempionati doirasida 16 iyul kuni Osiyo og'ir atletika federaciyasining navbatdagi Kongressi, shuningdek, turli komissiyalarning yig'ilishlari ham o'tkaziladi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi esa 17 iyulga belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing