So’nggi yangiliklar

03:05UFC AbuDhabi. Богдан Гусковда нокаутли ғалаба, Алмабаев ҳам ютди ва турнирнинг барча натижалари битта саҳифада 0 03:02Сенсация?! Уиттакер UFC on ABC 9 турнирининг марказий жангида имкониятни бой берди 0 02:11Тажриба ўз сўзини айтди: Петр Ян Макгига имкон қолдирмади 0 01:34UFC on ABC 9. Шара Буллет навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 01:01Рамазон Темиров билан жанг қилиши керак бўлган Асу Алмабаев навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 00:34Богдан Гусков нокаутдан сўнг: "Буни амалга ошира олишимни билардим" 0 00:23Богдан Гусков UFC'да навбатдаги жангини ўтказди, баҳс биринчи раунддаёқ якунланди 0 18:39Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..." 0 18:17Жаҳон чемпионати. Волейболчиларимиз Пуэрто-Рикони мағлуб этишди 0 17:57Профессионал боксчи Жамшид Нажмиддинов "Octagon 76" турнирида жанг қилди 0 17:36Пимблетт нима учун Царукян билан жанг қилмоқчи эмаслигини тушунтирди 0 17:15Қозоғистонлик теннис маликаси АҚШ пойтахтидаги турнирда 1/2 финалга чиқди 0 16:54"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин 0 16:33Илия Топурия қандай ҳолатда Маддалена билан жанг қилишини айтди 0 16:12Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикет Кенгаши аъзолигига расман қабул қилинди 0

11 fev 18:02
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol: ikki nafar yurtdoshimiz CAVA doimiy qo'mitalari azosiga aylandi

Teglar :  Voleybol
Kuni kecha Markaziy Osiyo voleybol associaciyasi (CAVA) Ijroiya qo'mitasining ZOOM dasturi orqali onlayn yig'ilishi o'tkazilib, uning yakunlari bo'yicha 7ta doimiy qo'mitaga azolar saylandi.



Ushbu yig'ilishda CAVA prezidenti janob Mohammad Latif, tashkilot vice-prezidenti eronlik doktor Muhammad Rizo Davarzani, qozog'istonlik Emek Sirlibaev, CAVA g'aznachisi janob Jitendra Bahadur CHand, CAVA Bosh kotibi Qilich Sarbagishevdan iborat Ijroiya qo'mitasi azolari hamda CAVAga azo davlatlar vakillari ishtirok etishdi.


Yig'ilishda janob Latif CAVA o'z tarixida yana bir muhim voqelik, yani tashkilot Nizomi ostidagi barcha qonuniy hujjatlarni shakllantirganligini etirof etdi.


SHuningdek, u Milliy federaciyalar va CAVAdan ko'rsatilgan barcha azolar yuqori malakali va o'z sohasida katta tajribaga ega ekanligini takidladi. Binobarin, janob Latif doimiy qo'mitalar faoliyati yuksak darajada bo'lishiga shubha qilmaydi.


CAVA prezidenti hamda Ijroiya qo'mita azolari barcha doimiy qo'mitalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va amaliy yordam ko'rsatishini vada berdi.


“Keling, ularga CAVA Nizomlari va umumiy qoidalarga muvofiq o'z majburiyatlarini bajarishda to'liq mustaqillik va vakolat beraylik”, dedi janob Latif anjumanda.


Uchrashuv davomida doktor Davarzani CAVAni yanada kuchliroq qilish uchun barcha federaciyalar yanada ko'proq harakat qilishlari, bir kuchli jamoa sifatida Associaciyani yaxshilash uchun birgalikda harakat qilishi lozimligini takidladi.


Ijroiya qo'mita azolari CAVA prezidenti janob Latifga tashkilotni yaxshilashga qo'shgan hissasi va Milliy federaciyalar o'rtasida birdamlikni mustahkamlash yo'lidagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi. O'z navbatida janob Latif barcha azolarga birdamlik va qo'llab-quvvatlaganligi uchun tashakkur izhor qildi.


Yig'ilishda ikki nafar hamyurtimiz CAVAning doimiy qo'mitalari azoligiga saylandi. Jumladan, Marketing va moliya qo'mitasiga Ahrorjon Sobirov, Rivojlanish va murabbiylar qo'mitasiga Feruza Odilova nomzodi maqullandi.


Biz hamyurtlarimizga masuliyatli vazifada omad tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing