26 iyu 08:08
Yangiliklar
Voleybol

Voleybol. Bugun O'zbekiston U-19 terma jamoasi Puerto-Rikoga qarshi o'ynaydi
Toshkent shahrida voleybol bo'yicha yigitlar o'rtasida U-19 Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqa doirasida O'zbekiston terma jamoasi yigitlari bugun Puerto-Riko vakillariga qarshi bahs olib boradilar.
Bungacha terma jamoamiz Turkiyani 3:0 hisobida mag'lub etgan va Pokistonga 0:3 hisobida yutqazgandi.
Puerto-Riko esa Argentina va Belgiya terma jamoalari bilan bahsda bir hil - 0:3 hisoblarida imkoniyatni boy bergan.
Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. Bahslar "Yunusobod" sport majmuasida o'tkazilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar