So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

15 okt 17:50
Yangiliklar

Boks/MMA

WBC reytingi. 7 nafar o'zbek bokschisi qanday o'rinda?

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) oktyabr oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo'lqop ustasi reytingini elon qiladi. 

Kuni kecha elon qilingan reytingdan 7 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan. 

Birinchi o'ta engil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Do'smatov avvalgi oydagi kabi 32-pog'onada qolgan.

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,50 kg) ikki  vakilimiz WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. SHohjahon Ergashev WBC reytingida 25-pog'onadan joy olgan. Yana bir charm qo'lqop ustamiz Anvar Turopov esa 40-o'ringa joylashgan. Avvalgi oyda SHahram G'iyosov reytingda 40-o'rinda qayd etilgandi. Ammo bu safar SHahram ushbu reytingni tark etgan. 

Birinchi o'rta vazn toifasida (-69,8 kg) ayni paytda WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan charm qo'lqop ustamiz Isroil Madrimov yangilagan reytingning avvalgi oydan bitta o'rin ko'tarilib. 21-pog'onaga ko'tarilib oldi. Ushbu vaznda WBC Youth kamarini qo'lga kiritgan Ravshan Mahammadjonov avvalgi oydagi kabi 40-o'rinda qolgan.

Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug'ofurov (-76,2 kg) oltinchi o'rinda qolgan. Eslatib o'tamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Lekin viza bilan bog'liq muammolar sabab u janglarini o'tkaza olmayapti. Mazkur vaznda shuningdek WBA Americas kamari sohibi Bektemir Meliqo'ziev avvalgi oydagidek 37-o'rinda qolgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing