So’nggi yangiliklar

14:00"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди 0 13:39Мутлақ жаҳон чемпиони Кэти Тейлор етти вазн чемпионига қарши трилогияда рингга кўтарилди 0 13:18Леонардо Ди Каприо бошқа юлдузлар Уимблдон кортларида + ФОТО 0 12:57Осиё чемпионатида медаллар сони бўйича етакчилик қилган оғир атлетикачиларимиз кутиб олинди 0 12:36Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони B Серия жамоасига ўтди 0 12:15Чемпион Шакур Стивенсон вақтинчалик чемпион Сепедадан бироз оғирроқ тош босди 0 11:54Владимир Свечников Венгриядаги турнирда олтин медални қўлга киритди 0 11:33Уимблдон. Янник Синнер - Новак Жокович учрашувида иккинчи финалчи аниқланди 0 11:12“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди 0 10:51Умида Омонова FIDE Жаҳон кубогининг учинчи босқичига чиқди 0 10:30UFC on ESPN 70 жангчилари тарозига чиқишди 0 10:09Аёллар кураши жамоамиз Осиё чемпионатида 4 та медалга эга чиқди 0 09:48Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин 0 09:27Уимблдон. Алькараснинг ғалабали серияси 24 тага етди ва у финалда! 0 09:06Бугун дзюдочиларимиз Junior European Cup 2025`даги иштироклари бошлашади (Қуръа натижалари) 0

19 okt 08:04
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasining birinchi brifingi o'tkazildi

Kelasi yil Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkaziladigan XIX Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasining birinchi brifingi o'tkazildi.

Ayni paytda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sabab tadbir onlayn formatda tashkil etildi. Tadbirda musobaqa tashkiliy qo'mitasi mutasaddilari, Xanchjou shahri hokimligining rahbariyati, Xitoy Milliy Olimpiya qo'mitasi vakillari, shuningdek, mahalliy OAV oflayn ishtirok etgan bo'lsa, qitamizning etakchi sport jurnalistlari, telekanal vakillari va boshqa mutasaddilar ZOOM platformasi orqali ulanishdi.

Tadbirda mamlakatimiz nomidan O'zbekiston MOQ hamda yurtimizning sportga ixtisoslashgan etakchi OAV vakillari ishtirok etishdi. Uning avvalida tashkiliy qo'mita mutasaddilari yana 327 kundan so'ng start oladigan ushbu muhim musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik haqida to'xtalib o'tishdi. SHundan so'ng o'z yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar musobaqaga kiritilgan sport turlari va yo'nalishlari, obektlar, transport va logistika tizimi, OAV uchun ajratilgan media-markaz va boshqa bir qator sohalar haqida batafsil malumot berishdi.

SHunisi ahamiyatliki, mazkur Osiyo o'yinlarida ilk bor Okeaniya mintaqasi davlatlari ham ishtirok etadi. SHuningdek, mutasaddilarning ochilish va yopilish marosimi uchun tayyorlangan dasturlari haqidagi malumot ham taqdim etildi. Malum qilinishicha, marosimlar muxlislarning yodida qolishi uchun Xitoy kino va teatr sohasining tajribali mutasaddilari, yirik kompleks tadbirlarda ulkan tajriba to'plagan mutaxassislar jalb etiladi.

Brifing davomida ishtirokchilar uchun Xitoyga kirish-chiqish jarayonlarini soddalashtirish, ularga ajratilgan qulayliklar haqida ham to'xtalib o'tildi.

SHu tariqa, Xanchjou-2022 XIX Osiyo o'yinlariga atalgan birinchi brifingning ilk kuni o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing