12 iyu 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Mutlaq jahon chempioni Keti Teylor etti vazn chempioniga qarshi trilogiyada ringga ko'tarildi
AQSHning Nyu-York shahrida navbatdagi professional boks turniri tashkil etildi.
Oqshom doirasida ayollar o'rtasida birinchi yarimo'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Keti Teylor etti vaznda jahon chempioni Amanda Serranoga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq 10 raund davom etgan jangda Keti Teylor hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozondi — 95-95, 97-93, 97-93. Hakamlardan biri durang natija qayd etgan. Bu bokschilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi jangi bo'ldi. Janglarning barchasida Teylor g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar