So’nggi yangiliklar

00:28Жаҳон чемпионати: Фазлиддин Эркинбоев туркиялик рақиби устидан ишончли ғалабага эришди 0 23:21Абдумалик Халоков Жаҳон чемпионати чорак финалига йўл олди 0 22:22"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси Эронни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди 0 22:20Навбаҳор Ҳамидова Ливерпулдаги ЖЧни муваффақиятли бошлади 0 19:18Тўрабек Хабибуллаев ЖЧ чорак финалига йўл олди, навбатдаги рақиб Қозоғистондан бўлади 0 18:30Жозеф Паркер Фабио Уордли билан жанг қилади, сана ва манзил аниқ 0 18:09Бокс. Шавкатжон Болтаев камбэк амалга ошириб, ЖЧ учинчи босқичига йўл олди 0 17:53ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади (ФОТО) 0 17:32Алекс Перейра UFC’да вазн тоифасини ўзгартириши мумкинлигини айтди 0 17:10WTA рейтинги. Соболенко пешқадамлигини мустаҳкамлади. Тўрт теннисчимиз юқорилади 0 16:48ЖЧ-2025. Нигина Ўктамованинг ғалабали юриши давом этади: боксчимиз чорак финалга йўл олди 0 16:37Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум 0 16:16Дональд Трамп кузатган, Алькараз навбатдаги чемпионликни қўлга киритган US Open финалидан ажойиб суратлар (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 15:55Рой Жонс Усикни мағлуб эта оладиган боксчи кимлигини айтди 0 15:32Формула-1. Макс Ферстаппен – Италия Гран-приси ғолиби! 0

01 jan 08:46
Yangiliklar

Kurash

Xanchjou shahri Kurash bo'yicha Osiyo chempionatiga ham mezbonlik qiladi

Xalqaro Kurash associaciyasi va Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi o'rtasidagi kelishuvga asosan Kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati Xanchjou shahrida o'tkaziladigan bo'ldi.

Mazkur qita chempionati, xalqaro hakamlik seminari va kurash hakamlarining bir yulduz darajasi uchun imtixonlar 2023 yilning 25-29 aprel kunlari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Xalqaro Kurash associaciyasi Bosh kotibi, texnik direktor Muhammad Reza Nassiriy va Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi azolari o'rtasida bir necha bor ZOOM platformasi orqali onlayn muloqotlar bo'lib o'tdi. 

Muloqot jarayonida ko'plab tashkiliy masalalar kelishib olindi. Unga ko'ra Osiyo chempionatida 15 ta vazn toifasida qitaning barcha kurash milliy federaciyalaridan kurashchilar ishtirok etishi mumkin. 

Bahslar Xanchjou shahrining "Linpu" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Hakamlar seminari va imtixonlari, antidoping testlari ham aynan mazkur sport majmuasida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilning 23 sentyabridan 8 oktyabri kuniga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Yozgi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Osiyo Olimpiadasi sifatida etirof etiladigan mazkur o'yinlar Dasturidan kurash sporti ham rasman o'rin olgan. Kurash bahslari 2-5 oktyabr kunlari "Linpu" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

25-29 aprel kunlari o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Osiyo chempionati Osiyo o'yinlari oldidan o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini ham o'tab beradi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing