08 sen 23:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdumalik Xalokov Jahon chempionati chorak finaliga yo'l oldi
Britaniyada boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Abdumalik Xalokov ikkinchi jangini italiyalik Jiuseppe Kanonikoga qarshi o'tkazdi.
To'liq davom etgan jangda bokschimiz yaqqol ustunlikka erishib, 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Endi Abdumalik navbatdagi jangini 10 sentyabr kuni Qozog'iston yoki Hindiston vakiliga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar