So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

28 mar 17:17
Yangiliklar

Velosport, Engil atletika

Xorazmda eng kuchli duatlonchilar aniqlandi FOTOGALEREYA

Teglar :  XorazmDuatlon
Urganch tumanining CHolish qo'rg'onida sportning duatlon turi bo'yicha hududiy chempionat va birinchilik o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni manan va jismonan barkamol bo'lib voyaga etishini taminlash maqsadida tegishli ishlar olib borilayotir.

Xususan, Urganch tumanining CHolish qo'rg'onida joylashgan viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislar bo'yicha tayyorlash markazining o'quv-mashq maydonida sportning duatlon turi bo'yicha uyushtirilgan hududiy chempionat va birinchilik ana shular sirasidan, albatta.

Jumladan, mazkur musobaqada Xorazm vohasining 2001-2003 va 2004-2006 yillarda tug'ilgan  eng sara duatlonchilari o'zaro bahs yuritishdi. Yakuniy sarhisoblar bo'yicha katta yoshli duatlonchilar bellashuvida SHovot tumani o'quv sport texnika klubi azosi Zarnigor Umrbekova qizlar orasida, Xonqa tumani o'quv sport texnika klubidan Jaloliddin Boymetov o'g'illar orasida chempionlikni qo'lga kiritdi.

Kichik yoshli ishtirokchilar orasida  esa shovotlik Zuhra Ro'zimova va gurlanlik Hasanboy Tangriberganov shohsupaning birinchi pog'onasini band etishdi. SHuningdek, viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi, Urganch avtomobil sport texnika maktabi unitar korxonasi, Bog'ot, Hazorasp va Qo'shko'pir tumanlari hamda “O'rtayop” o'quv sport texnika klublarining mohir sportchilari musobaqaning sovrindorlari safidan joy olishdi.

Umumjamoa hisobida SHovot tumani duatlonchilari g'oliblik nashidasini surishdi. Gurlan tumani jamoasi ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Qo'shko'pir tumani vakillari uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi.

Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor sportchilar hamda jamoalar musobaqa tashkilotchilari - O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan tegishli darajadagi diplom va sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing