So’nggi yangiliklar

20:00Дебютдан чемпионлик жангигача: Хамзат Чимаевнинг UFC’даги беш йили қандай ўтди? 0 19:23Ямал ўз хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози? 0 19:02Мағлубиятсиз одимлаётган проф боксчимизнинг кейинги жанги камар учун бўлади 0 18:41Дзюдочиларимиз жаҳон чемпионатига тўлиқ куч билан тайёргарлик кўришмоқда ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:20Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида IBF камари учун даъвогарлик жанги белгиланди 0 17:59"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси 0 17:38Дю Плесси: "Чимаев беш раунд ҳақида ўйламаяпти, лекин..." 0 17:17"Saber" жамоамизнинг "Аёллар дзюдо лигаси"даги рақиблари маълум 0 16:56Мадримовнинг вазнидаги чемпион Фундоранинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 16:35"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак 0 16:14Ига Свёнтек Цинциннати WTA 1000 турнири 1/4 финалида ўйнайди 0 15:53Тўрт кун олдин Дана Уайт Даъвогарлар турнирида ғалаба қозонган рус жангчиси UFC 319 турнирида октагонга чиқади 1 15:32Энтони Жошуа Андре Уорднинг чақирувига жавоб берди 0 15:11Аббосбек Файзуллаевнинг нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани очиқланди 0 14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0

06 may 13:55
Yangiliklar

Kurash

Zarbdor tumanida katta kurash bayrami yoxud ushbu turnirning mutloq vazn toiflari g'oliblarini ikkita avtomobil kutmoqda

Teglar :  Kurash
Jizzax viloyatining Zarbdor tumani kurash bo'yicha xotira turniriga mezbonlik qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil 4 noyabrdagi  “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini  taminlash hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joriy yilning 13-14 may kunlari  Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi markaziy stadionida  kurash va belbog'li kurash bo'yicha “Polvonlari ko'p yurt-qudratli bo'lur” shiori ostida kurash va belbog'li kurash bo'yicha xotira turniri bo'lib o'tadi. Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan hamda O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston  belbog'li kurash federaciyasi. O'zbekiston kurash federaciyasi va qator tashkilotlar hamkorligida o'tkaziladigan mazkur turnirda  kurash sport turi bo'yicha erkaklar  -60, -66, -73, -81, -90, +90 kgda  kuch sinashishsa, belbog'li kurash bo'yicha erkaklar -55, -60, -66, -73,-81,-90, -100, +100 kgda bellashishadi.  Ayollar esa kurash bo'yicha -48, -52, -57 kg vazn toifalarida gilamga chiqishadi. SHuningdek, har ikkala sport turi bo'yicha erkaklar mutloq vaznda ham g'oliblik uchun kurash tushishadi. Kurash va belbog'li kurash bo'yicha har bir vazn toifasida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 5.000.000 so'mdan, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar 3.000. 000 so'mdan, ikkita uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlar  1.500.000 so'mdan, mutloq vaznda g'olib bo'lgan sportchilarga 2 ta avtomobil, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan polvonlarga 30.000.000 so'mdan hamda uchinchi o'rinni band etgan kurashchilar 10.000.000 so'mdan  pul mukofotlariga ega bo'lishadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing