08 apr 23:44
Yangiliklar
Boks/MMA

10 nafar o'zbek bokschisi Ruminiyadagi turnir finaliga yo'l oldi
Ruminiyada kattalar o'rtasida "Golden Belt" turkumiga kiruvchi halqaro turnir davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida yarim final bellashuvlari bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, 10 nafar o'zbekistonlik bokschi final yo'llanmasiga ega chiqdi:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: SHahzod Muzaffarov
-67 kg: Javlon Yuldashev
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev
-80 kg: Dilshod Ro'zmetov
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Diyor O'ralov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Etiborlisi, uchta vazn toifasida finalda o'zbekcha derbini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
Uch nafar bokschimiz - Dilshod Abdumurodov (-57 kg), SHunqor Abdurasulov (-60 kg) va SHohruxbek Kenjaev (-63,5 kg) afsuski yarim finalda imkoniyatni boy berdi va bronza bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar