07 okt 12:12
Yangiliklar
11 bokschimiz joy olgan WBC reytingi yangilandi. Bir vaznda 3 charm qo'lqop ustamiz!
Tashkilot boshqalardan farqli ravishda Top-40 reytingni taqdim etadi. Bu safar ham dunyoning eng nufuzli yo'nalishi hisoblangan WBC versiyasi reytingidan 11 nafar o'zbekistonlik bokschi joy olgan. Bir vaznda uch nafar charm qo'lqop ustamizni ko'rish mumkin.
Superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov yangilangan reytingda o'tgan oydagi 11-o'rnini saqlab qoldi. Vazn chempioni Agit Kabayel bo'lib turibdi. Reytingning pog'onasini sobiq chempion Tayson Fyuri band etgan. Superog'ir vazn reyingidan joy olgan yana bir bokschimiz Lazizbek Mullojonov uch pog'onaga pastlab, 25-o'ringa tushdi.
Bokschilarimizning reytingi bilan tanishing:
Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov (+101, 6 kg) - 11-o'rinda qoldi (avvalgi oyda ham 11-o'rinda edi) (chempion Agit Kabayel);
Superog'ir vazn: Lazizbek Mullojonov (+101, 6 kg) - 25-o'ringa tushdi (avvalgi oy 22-o'rinda edi) (chempion Agit Kabayel);
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev - 6-o'ringa tushdi (avvalgi oy 5-o'rinda edi) (chempion - Kristian Mbilli);
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Nurislom Ismoilov 28-o'rinni saqlab qoldi (o'tgan oyda ham 28-o'rinda edi) (chempion - Kristian Mbilli);
Birinchi o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov - 8-o'ringa pastladi (o'tgan oy 7-o'rinda edi) (chempion - Sebastyan Fundora);
Birinchi yarim o'rta vazn (63,5 kg): Mujibillo Tursunov 28-o'ringa ko'tarildi - u o'tgan oy 29-o'rinda qayd etilgandi (chempion - Dalton Smit);
Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev - 31-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 32-o'rin edi) (chempion - Dalton Smit);
Birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg): Ruslan Abdullaev - 35-o'rinda qoldi (o'tgan oyda ham 35-o'rin edi) (chempion - Dalton Smit);
Engil vazn (61,23 kg): Sirochbek Ismoilov - 15-o'ringa yuqoriladi (o'tgan oyda 16-pog'onada edi) (chempion - Vilyam Zepeda);
Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev o'tgan oyda bo'lgani kabi 3-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Muhammad SHexov - 9-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 10-o'rin edi) (chempion Naoya Inoue);

Fikrlar