So’nggi yangiliklar

19:02"Чемпионлик матчида Жавоҳирга қўлимдан келганича ёрдам бераман" - Нодирбек Абдусатторов 0 18:25Теннисчи қизларимиз "Билли Жин Кинг кубоги"даги иштирокларини ғалаба билан бошлашди 0 17:59"Интер Майами" ғайриоддий қоида сабабли Каземиронинг транфери учун "Лос-Анжелес Гэлакси"га 1 миллион доллар тўлайди 0 17:23О'Мэлли чемпион Петр Янни жангга чорлади 0 16:54Геннадий Головкин энди расман бокс афсонаси! (+ФОТО) 0 16:23Светлана Осипова Жаҳон рейтингида биринчи ўринга кўтарилиб олди! 0 15:51Тарихда илк бор футбол бўйича жаҳон чемпионатларида она ва ўғил иштирок этди 0 15:20Эшкак эшиш бўйича ёшлар ўртасида жаҳон чемпиони Ўзбекистон шарафини ҳимоя қиляпти + ФОТО 0 14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 12:57"UzChess Cup" турниридан ким қанча мукофот пули ишлаб олди? (+ФОТО) 0 12:24"У Россияга боришни хоҳлаяпти, аммо қўрқяпти". Царукян — Жейк Пол ҳақида гапирди 0 11:55Неймар Бразилия терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги иккинчи ўйинини ҳам ўтказиб юборади юборадими? 0

17 okt 12:44
Yangiliklar

Boks/MMA

12 yilga qamalgan bokschimiz Sidney Olimpiadasi sovrindori Sergey Mixaylov oqlandi

Uzoq yilga qamalgan o'zbekistonlik mashhur sobiq bokschi, Sidney Olimpiadasi sovrindori, IIV xodimi Sergey Mixaylov sud tomonidan oqlandi.

Manba xabariga ko'ra, Sergey Egorovich Mixaylov shuncha muddat qilmagan jinoyati uchun qamoqda o'tirgan.

Andijonlik mashhur sobiq bokschi Sergey Egorovich Mixaylov (Boks bo'yicha Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi) “O'zbekiston iftixori”, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi unvoni va “Do'stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

U Ichki ishlar vaziri tomonidan ham 12 marta rag'batlantirilgan. Sergey Mixaylov O'zbekiston bayrog'ini o'zining boksdagi g'alabalari bilan bir necha marotaba ko'klarga ko'targan kuchli sportchi bo'lgan.

Mixaylov Sergey Egorovich O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va Terrozimga qarshi kurashish bosh boshqarmasi katta tezkor xodimi lavozimida, mayor unvonida xizmat qilgan.

Mixaylov Sergey Egorovich sobiq MXX xodimlari tomonidan 2010 yil 27 yanvar kuni noqonuniy valyutafurushlarga “qarab turganlik”da gumon qilinib qamoq olingan edi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudining 2010 yil 13 dekabr kunidagi hukmiga ko'ra, S.Mixaylov O'zbekiston Respublikasi JKning 28,177-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a,b,v» bandlari va 210-moddasi 3-qismi «b,v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida 3 yilga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudi Kassaciya instanciyasida 2019 yil 10 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudining 2010 yil 13 dekabrdagi hukmi bekor qilindi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudining 2010 yil 13 dekabr kunidagi hukmiga ko'ra, S.Mixaylov O'zbekiston Respublikasi JKning 28,177-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari, 205-moddasi 2-qismi «a,b,v» bandlari va 210-moddasi 3-qismi «b,v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga JKning 59-moddasi tartibida 3 yilga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mazkur hukm bilan Hakimjonov Abduazim Hakimjon o'g'li, Risqiev Sardor Ravshanbekovich, Azimov Oqilxo'ja Sagdullaevich, SHomoxsudov Alisher SHoolimovich, Nazirov Zokir Fayzullaevich, Ermatov Muzaffar Jo'rabaevich, Achilov SHerzod Xojiahmedovich, Nurmatov SHahobiddin Xusnitdinovich, Ibragimov Ilhom Xosiljonovich, Mirsagatov Murod Jabborovich va Xudayberganov Davron Rixsitillaevichlar ham sudlangan.

Ular asosan noqonuniy valyuta oldi-sotdisida aybdor deb topilishgan.

2010 yilda ayrim fuqarolar valyuta ayirboshlash shahobchasiga keladigan begona fuqarolarni kirishiga to'sqinlik qilib, ularni aldov va qo'rqitish yo'llari bilan qaytarishgani, TIF Milliy banki Bosh amaliyot boshqarmasi boshlig'i Inogamov Botir Ikramovich, mazkur bank ekspert akreditlari va kafolatlari bo'limi bosh mutaxassisi SHaydanov Timur Rashidovich, TIF Milliy banki Bosh amaliyot boshqarmasiga qarashli Yunusobod ko'chasi, 14-uyda joylashgan 26002263-sonli valyuta ayirboshlash shahobchasi xodimlari A.Pirjanova, M.Sobitova, SH.Valieva, L.Rezcova, L.Raximgulova, Z.Xasanova, A.Vasileva, OATB «Savdogarbank» Boshqaruv raisi o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan Akramov Maxamad Adxamovich, ushbu bank amaliyot boshqarmasi boshlig'i Ikramov Dilmurod Botirovich esa, maxsus tashkil etilgan uyushgan jinoiy guruh manfaatlarida valyuta shahobchalariga qancha valyuta ajratilganligi xususida va boshqa xizmat malumotlarini oshkor qilib, evaziga moddiy manfaatdor bo'lishgani tezkor malumotlar natijasida aniqlangan.

Sergey Egorovich Mixaylov esa O'zbekiston Respublikasi IIV JQ va TQKBda katta tezkor xodim lavozimida xizmat qilib kelib, o'z xizmat vakolatlaridan foydalanib, jinoiy guruh azolari faoliyatini huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirib, ularning ortidan qaysi tashkilot tekshiruv va kuzatuv ishlari olib borayotganligi to'g'risida xabar etkazib turish bilan shug'ullangan degan taxminga kelingan va yakunda unga aynan mana shu yopishtirilgan.

Sergey Mixaylovning aytish mumkin bo'lsa, ushbu jinoyat ishi yuzasidan ikkita kichik aybi bo'lgani ham rost. Birinchidan, u ushbu jinoiy guruh azosi bo'lgan O. Azimov yani, (Azimov Oqil bilan u 2007 yilda Toshkent shahar MXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tadbir davomida tanishgan) o'zining informatoridan soat (Romanson Adel Autamatic)ni sovg'a sifatida olgan.

Ikkinchisi esa ularning ortidan kuzatib yurgan avtomashinaning raqamlarini aniqlab, ushbu raqamlar allaqachon tegishli tartibda yo'q qilib yuborilgan avtomashinalar raqamlari ekanligini Ichki ishlar vazirligi bazasidan tekshirib bergan (Ushbu avtomashina raqamlari katta ehtimol bilan sobiq MXXning tezkor xodimlariga tegishli bo'lgan bo'lishi mumkin). Bo'ldi boshqa holatda Sergey Mixaylovning bu guruh va uning azolari bilan boshqa aloqasi bo'lmagan.

Jinoyat ishi hujjatlari (6-jild, 266-268-betlar)da O'zbekiston Respublikasi IIV JQ va TQKBB boshlig'ining birinchi o'rinbosari tomonidan S.Mixaylovga xizmat tavsifnomasi berilgan bo'lib, unga ko'ra S.Mixaylov O'zbekiston Respublikasi IIV JQvaTQKBB Kriminal va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi 3-bo'lim katta tezkor qakili lavozimida 2005 yil mart oyidan buyon ishlab kelib, uning sayi-harakatlari bilan o'tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo'nalishi bo'yicha sodir etilgan bir qator jinoyatlar, shu jumladan ko'p miqdordagi giyohvandlik vositalarini noqonuniy oldi-berdisi bilan shug'ullanuvchi shaxslarni ushlash, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o'tkazish bilan shug'ullanuvchi shaxslarni ushlash, buyurtma berish orqali odam o'ldirish, terrorchilik va boshqa shu kabi o'ta og'ir turdagi jinoyatlarni fosh etib, S.Mixaylov o'ziga yuklatilgan vazifani qonunchilikka rioya qilgan holda, masuliyat bilan puxta bajarib kelganligi, xizmati davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Do'stlik” ordeni bilan taqdirlangani hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda qo'shgan hissasi uchun Vazirlik rahbariyati tmonidan 12 marotaba rag'batlantirilgani, intizomiy ravishda jazolanmagani ko'rsatilgan.

Sud barcha holatlarni o'rganib, Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudining 2010 yil 13 dekabrdagi hukmining Mixaylov Sergey Egorovichga nisbatan qismini bekor qildi. Mixaylov Sergey Egorovichning harakatlarida O'zbekiston Respublikasi JKning 28,177-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari, 205-moddasi 2-qismi “a,b,v” bandlari va 210-moddasi 3-qismi “b,v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari (jinoyat tarkibi) bo'lmaganligi hamda uning sodir etilgan jinoyatlarga daxli bo'lmaganligi sababli reabilitaciya qilindi va jinoyat ishining unga nisbatan yuritilgan qismi O'zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2 va 3-bandlariga asosan harakatdan tugatildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
18 okt 00:12:57
Baxtiyor Raxmatov
Ботир Рахимовга ёкмай коган
   
17 okt 22:02:10
Бахтиёр Чориев
Энди бу болани каматганлани тутиб камида камаш керак.
   
17 okt 21:30:35
Sher Kokandskiy
Эх афсус ифлос харомиларни дастидан не за что қамалгани алам қилади. У даврларда шу ифлослар жуда узидан кетган эди. Керак булса жонсиз столбаниям қамар эди деган президент хам.
   
17 okt 20:46:19
Сирож Михайлов
Самое худшее позади мы рады что он уже в свободе
   
17 okt 15:59:46
Jasur Ganeev
Гандонлани дастидан камалган емон алам килади одамга, бекорга 12 йил утириб чикибти
   
17 okt 13:50:13
Angren.
Кимгадир ёкмай коганда бечара
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing